Sug‘orish uchun suv limitlari belgilandi

CC0 / pixabay.com / Oroshenie zemli
Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Viloyat va tumanlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ta’minlashning yangi tartibi belgilandi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. 2022-yildaQoraqalpog‘iston va viloyatlarda qishloq ekinlarini sug‘orish uchun 28 202,8 litr kub suv ajratiladi. Bu haqda 10-may kuni imzolangan Hukumatning “2022 yilda kutilayotgan suv tanqisligi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini suv bilan ishonchli ta’minlashga qaratilgan kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytib o‘tilgan.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2022 yilda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va tumanlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlari;
2022 yil yozgi sug‘orish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish hamda mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika ishchi guruhining tarkibi;
Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar tomonidan nasos stansiyalari va vertikal sug‘orish quduqlarini ishlatish uchun 2022-yilda sarflanadigan elektr energiyasi miqdorlari;
2022 yilda amalga oshiriladigan irrigatsiya tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini, nasos agregatlari va sug‘orish quduqlarini ta’mirlash-tiklash va qurish ishlari rejasi.
Suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha respublika ishchi guruhining asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilandi:
yirik suv omborlarida suv resurslaridan foydalanishni nazoratga olish, xususan suv chiqarishni qat’iy ravishda hokimliklarning aniq hisob-kitoblariga asoslangan talabnomalar bo‘yicha amalga oshirish;
gidromeliorativ tarmoqlarning mavsumga shayligini ta’minlash bilan bog‘liq barcha tadbirlarning bajarilishi bo‘yicha qat’iy nazorat olib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini “bir kanal - bir tizim” tamoyili asosida joylashtirish;
sug‘orish mavsumi davomida suv resurslaridan samarali foydalanish holatini har kuni tahlil qilib borish.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonda suv tanqisligi muammosi yildan yilga jiddiylashib bormoqda. Xususan, 2040-yillarga borib, Amudaryo va Sirdaryo oqimining qisqarishi bilan O‘zbekistonda suv resurslari taqchilligi 33 %ga yetishi mumkin. Ushbu munosabat bilan, mahalliy qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan tejamkorlik foydalanish, bu borada yangi texnologiyalarni qabul qilish maqsadga muvofiq deyilgan ekologlar tavsiyasida.
Yangiliklar lentasi
0