Shaxmatda birinchilikni serbiyalik grossmeyster egalladi

Shaxmati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollariga ega “Tashkent open-2022” XV Xalqaro turnirning barcha g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonda shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Tashkent open-2022” XV Xalqaro turnirning barcha g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
11-may kuni o‘zbekistonlik birinchi grossmeyster Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Tashkent open-2022” XV Xalqaro turniri yakunlandi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 25 000 dollarni tashkil qildi.
Unda shaxmatchilar “A” va “B” guruhlariga bo‘lingan holda mahoratini sinovdan o‘tkazishdi.
Turnir yakunida serbiyalik grossmeyster Aleksandr Indjich 1-o‘rinni, 2-o‘rinni Javohir Sindarov va 3-o‘rinni norvegiyalik Yevgeniy Romanovga egalladi.
20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Shamsiddin Vohidov, Muhriddin Madaminov va Abdumalik Abdusalimovlar g‘alabaga erishdilar.
Faxriylar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda esa Vacheslav A’zamov va Obidjon Yusupov g‘olib bo‘ldi.
Ayollar o‘rtasida jahon chempioni Umida Omonova 1-o‘rin, 2-o‘rin qozog‘istonlik Aliya Nurmanova va 3-o‘rinni Bibisara Assaybayeva ega bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0