Qashqadaryoda qovun pishdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishProdaja din na prodovolstvennom rinke
Prodaja din na prodovolstvennom rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Birinchi hosilni o‘tamaylilik tomorqa egasi Rufat Buriyev yetishtirgan. Ilk hosil “Dakara” navli qovunlardir.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida qovun pishdi. Bu haqda bugun Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi hosilni o‘tamaylilik tomorqa egasi Rufat Buriyev yetishtirgan. Ilk hosil “Dakara” navli qovunlardir. Tez orada qovun eksporti boshlanishi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda ham ilk qovun hosili Rufat Buriyev tomorqasidan uzilgandi.
Ma’lumot uchun, aprel oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani O‘tamayli qishlog‘i dehqonlari tarvuzni o‘tgan yilgiga nisbatan ertaroq sotuvga chiqarishga muvaffaq bo‘lgani aytilgan edi.
2021 yilda O‘zbekiston xorijga qiymati 22,7 mln dollarga teng bo‘lgan 82,9 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan. Qariyb to‘rtdan bir qismini ya’ni 20,3 ming tonnasini Rossiyaga yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0