https://oz.sputniknews.uz/20220512/mirziyoev-oltiariqda-tashkil-etilgan-ming-gektar-adirlikdagi-uzumchilik-bogini-borib-kordi-24513602.html
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Sputnik O‘zbekiston
Oltiariqda uzum mahsulotlarni ko‘paytirish maqsadida tuman chekkasidagi ming gektar adirlikda uzumchilik va bog‘dorchilik plantatsiyasi tashkil etilgan. 12.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-12T18:01+0500
2022-05-12T18:01+0500
2022-05-12T18:01+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
farg‘ona viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24506615_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_bd81d41764abfe838f827890d77ad6d1.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Oltiariq tumanidan boshladi.Tumanda uzum mahsulotlarni ko‘paytirish maqsadida ming gektar adirlikda uzumchilik va bog‘dorchilik plantatsiyasi tashkil etildi. Prezident ushbu bog‘ni kelib ko‘rdi.Ta’kidlanishicha, ilgari bu joy hech narsa ekilmaydigan quruq yer edi. Hozir o‘zlashtirilgan maydonlarning 560 gektarida tokzor barpo etilib, “xusayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “kishmish” kabi xaridorgir uzum navlari ekilmoqda. 300 gektarlik intensiv bog‘da olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.Qator oralariga tarvuz ekilgan. Bozor talabiga qarab, qalampir, bulg‘or qalampiri, bodring, ko‘katlar va boshqa poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Bular aholi daromadi, yurtimiz eksportini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi.Bu yer zamonaviy agrosanoat majmui bo‘ladi - 1 ming 500 tonna sig‘imli muzlatkichli ombor, maishiy xizmat shoxobchalari barpo etiladi. 6 ta minitraktor, 10 ta yuk mashinasi sotib olinadi. Bog‘ va tokzorlar aholiga bo‘lib beriladi. Bu mirishkor oltiariqliklar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.Davlat rahbari shu yerda farg‘onalik dehqonlar va klaster rahbarlari bilan suhbatlashdi.“Bu bog‘ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi. Mulkdor qancha ko‘p bo‘lsa, mas’uliyat ko‘p bo‘ladi, xaridorlarning, chet ellik hamkorlarning tadbirkorga ishonchi bo‘ladi, odamlar ko‘proq daromad oladi”, - dedi prezident.Hududda 3 mingdan ortiq ish o‘rni ochilishi aytildi. Ularga ishsiz yoshlar va ehtiyojmand oilalar, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ishga olinadi.
farg‘ona viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24506615_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_b6607b564e4528b1ebeba276c7ac2851.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, farg‘ona viloyati, foto
iqtisod, shavkat mirziyoyev, farg‘ona viloyati, foto
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Oltiariqda uzum mahsulotlarni ko‘paytirish maqsadida tuman chekkasidagi ming gektar adirlikda uzumchilik va bog‘dorchilik plantatsiyasi tashkil etilgan.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifini Oltiariq tumanidan
boshladi. Tumanda uzum mahsulotlarni ko‘paytirish maqsadida ming gektar adirlikda uzumchilik va bog‘dorchilik plantatsiyasi tashkil etildi. Prezident ushbu bog‘ni kelib ko‘rdi.
Ta’kidlanishicha, ilgari bu joy hech narsa ekilmaydigan quruq yer edi. Hozir o‘zlashtirilgan maydonlarning 560 gektarida tokzor barpo etilib, “xusayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “kishmish” kabi xaridorgir uzum navlari ekilmoqda. 300 gektarlik intensiv bog‘da olma, gilos, o‘rik ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Qator oralariga tarvuz ekilgan. Bozor talabiga qarab, qalampir, bulg‘or qalampiri, bodring, ko‘katlar va boshqa poliz mahsulotlari yetishtiriladi. Bular aholi daromadi, yurtimiz eksportini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘ladi.
"Farg‘ona qishloq xo‘jaligida katta natijalarga erishayapti, odamlarning dunyoqarashi o‘zgarayapti, dehqonlar eksportga chiqayapti. Lekin kechagi natija bugunga to‘g‘ri kelmaydi. Doim izlanishda, harakatda bo‘lishimiz kerak. Mana, salgina sharoit yaratilgani uchun shuncha joy bog‘ bo‘ldi. Hali ichki imkoniyatlarimiz juda ko‘p. Bu imkoniyatlarni “inson qadri” tamoyili asosida xalqimiz manfaatiga yo‘naltirish kerak. Vodiy gavhari Farg‘ona bunda namuna bo‘lishi kerak”, - dedi Mirziyoyev.
Bu yer zamonaviy agrosanoat majmui bo‘ladi - 1 ming 500 tonna sig‘imli muzlatkichli ombor, maishiy xizmat shoxobchalari barpo etiladi. 6 ta minitraktor, 10 ta yuk mashinasi sotib olinadi. Bog‘ va tokzorlar aholiga bo‘lib beriladi. Bu mirishkor oltiariqliklar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Davlat rahbari shu yerda farg‘onalik dehqonlar va klaster rahbarlari bilan suhbatlashdi.
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
Mirziyoyev Oltiariqda tashkil etilgan ming gektar adirlikdagi uzumchilik bog‘ini borib ko‘rdi
“Bu bog‘ va tokzorlar aholiga xususiylashtirib beriladi. Mulkdor qancha ko‘p bo‘lsa, mas’uliyat ko‘p bo‘ladi, xaridorlarning, chet ellik hamkorlarning tadbirkorga ishonchi bo‘ladi, odamlar ko‘proq daromad oladi”, - dedi prezident.
Hududda 3 mingdan ortiq ish o‘rni ochilishi aytildi. Ularga ishsiz yoshlar va ehtiyojmand oilalar, jumladan, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ishga olinadi.