https://oz.sputniknews.uz/20220512/medvedev-nato-va-rossiyaning-ehtimoliy-mojarosi-yadro-urushiga-aylanib-ketishidan-ogohlantirdi-24511562.html
Medvedev NATO va Rossiyaning ehtimoliy mojarosi yadro urushiga aylanib ketishidan ogohlantirdi
Medvedev NATO va Rossiyaning ehtimoliy mojarosi yadro urushiga aylanib ketishidan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari NATO va Rossiyaning ehtimoliy to‘qnashuvi yadro urushiga aylanib ketishi mumkin deb hisoblaydi. 12.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-12T17:04+0500
2022-05-12T17:04+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiya
dmitriy medvedev
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1b/22419452_0:0:3079:1733_1920x0_80_0_0_2f32439437e7c12872ea8fcd2873da37.jpg
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya va NATOning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib kelishi mumkin, u esa o‘z navbatida yadro urushiga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir G‘arb mamlakatlari “ishonchnoma asosidagi urushni” olib borishmoqda: ular Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashmoqda, yollanma jangchilarni jo‘natishmoqda va Rossiya chegaralari yaqinida alyansning maxsus mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari natijada buning bari xatarlarni keltiruv chiqaruvchi to‘laqonli ziddiyatga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi.“Bunday mojaroning hamisha to‘laqonli yadro urushiga aylanish xatari mavjud. Bu hamma uchun fojiali ssenariy bo‘ladi. Shu bois odam o‘zini va boshqalarni aldamasligi zarur. Shunchaki o‘z xatti-harakatlarining ehtimoliy oqibatlarini haqida o‘zlash darkor”, - deya xulosa qildi Medvedev.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1b/22419452_265:0:2994:2047_1920x0_80_0_0_2a71bc4c1255c0a9cb1f5ac0be11d15b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, dmitriy medvedev, nato
rossiya, dmitriy medvedev, nato
Medvedev NATO va Rossiyaning ehtimoliy mojarosi yadro urushiga aylanib ketishidan ogohlantirdi
17:04 12.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari NATO va Rossiyaning ehtimoliy to‘qnashuvi yadro urushiga aylanib ketishi mumkin deb hisoblaydi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya va NATOning to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishiga olib kelishi mumkin, u esa o‘z navbatida yadro urushiga aylanishi mumkin, deb hisoblaydi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.
“Xorijlik tahlilchilarning NATOning Rossiya bilan urushi haqidagi keti uzilmaydigan suhbatlari tinmayapti. Ustiga ustak G‘arbning “zabonli kallalari” surbetligi ochiqcha bo‘lib bormoqda. Kun tartibiga bor kuch bilan Rossiya dunyoni yadro mojarosi bilan qo‘rqitayotgani haqidagi tezisni olib chiqishga urinishmoqda”, - deya
yozdi Medvedev o‘zining telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir G‘arb mamlakatlari “ishonchnoma asosidagi urushni” olib borishmoqda: ular Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashmoqda, yollanma jangchilarni jo‘natishmoqda va Rossiya chegaralari yaqinida alyansning maxsus mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari natijada buning bari xatarlarni keltiruv chiqaruvchi to‘laqonli ziddiyatga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi.
“Bunday mojaroning hamisha to‘laqonli yadro urushiga aylanish xatari mavjud. Bu hamma uchun fojiali ssenariy bo‘ladi. Shu bois odam o‘zini va boshqalarni aldamasligi zarur. Shunchaki o‘z xatti-harakatlarining ehtimoliy oqibatlarini haqida o‘zlash darkor”, - deya xulosa qildi Medvedev.