Italiya bosh vaziri: Berlin Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashni boshladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr Italii Mario Dragi vo vremya itogovoy press-konferensii po itogam raboti sammita "Gruppi dvadsati" v Rime.
Premyer-ministr Italii Mario Dragi vo vremya itogovoy press-konferensii po itogam raboti sammita Gruppi dvadsati v Rime. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2022
Obuna bo‘lish
Italiya bosh vaziri Yevropa kompaniyalari gazni rublda sotib olishlari mumkin deb hisoblaydi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. Rossiya gazining eng yirik xaridori bo‘lgan Germaniya yoqilg‘i uchun to‘lovni rublda amalga oshirishni boshladi. Bu haqda Italiya bosh vaziri Mario Dragi ma’lum qildi.

“Aslida kecha biz ko‘rgan dalil, o‘ylanmanki (ko‘rsatadiki), Germaniyadagi gazning eng yirik importori rublda to‘ladi”, - dedi Dragi va Rossiya gazining aksariyat iste’molchilari allaqachon Gazpromda o‘z hisob raqamlarini ochishganini ta’kidladi.

Italiya bosh vaziri Yevropa kompaniyalari gazni rublda sotib olishlari mumkin deb hisoblaydi, chunki bu sanksiyalarga xilof ekanini anglatuvchi rasmiy bayonot yo‘q.
Yevropalik to‘rt xaridor Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘ladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mart oxirida do‘st bo‘lmagan barcha davlatlarga tabiiy gazni faqat rublda sotishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi.
Ushbu tartib 1-apreldan boshlab kuchga kirdi va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda gaz yetkazib berilmaydi va bu sherik mamlakatlar tomonidan gaz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik deb hisoblanadi.
“Gazprombank” xorijiy xaridorlar bilan hisob kitob qilish uchun maxsus valyuta va rubl hisob raqamlari ochgan. Bunda mijoz shartnomada ko‘rsatilgan valyutada hisob raqamiga to‘lovni amalga oshiradi, bank esa uni Moskva birjasida valyutani sotib, xaridor hisob raqamiga rublda mablag‘ kirim qiladi. Shu tarzda xaridor gaz yetkazib beruvchi bilan hisob-kitobni amalga oshiradi.
Avvalroq “Gazprom” Bolgariya va Polshaga ular to‘lovni belgilangan muddatda rublda amalga oshirmaganlari sabab gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatgan edi.
Yangiliklar lentasi
0