Manfaatlar to‘qnashuvi alohida qonun bilan tartibga solinadi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
Yangi taklif qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, davlat tashkiloti xodimi manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish va oldindan xabar berish tartibi o‘rnatiladi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. Manfaatlar to‘qnashuvi ehtimoli haqida oldindan xabar bermagan davlat xizmatchisi - jarimaga tortiladi. Bu haqida “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida keltirilgan. Qonun loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan.
Mazkur qonun loyihasining maqsadi - davlat xizmatchilari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishning oldini olishi hamda xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi 3 ta indeksda O‘zbekiston pozitsiyasiga ijobiy ta’sir etishi kutilmoqda.
Davlat tashkiloti xodimi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’lum qilish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni deklaratsiya qilish;
mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berish.
Manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlikning huquqiy oqibatlari belgilanmoqda. Xususan:
davlat tashkilotlari xodimlarining har bir holatda manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar bermaganligi BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha (takroran bo‘lsa – BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha);
mansabdor shaxslarining ushbu vaziyatlarni tartibga solmaganligi BHMning 5 baravardan 10 baravarigacha (takroran bo‘lsa – BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha) jarima solishga sabab bo‘lishi mumkin.
Davlat tashkiloti xodimining yaqin qarindoshlari va unga aloqador bo‘lgan shaxslar mazkur xodimning mehnat qilayotgan tashkiloti bilan huquqiy munosabatga kirishayotganida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabar berishi lozim.
Yangi qonun loyihasi 25-mayga qadar muhokamada bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0