Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Biolog shakar o‘rnini bosuvchi moddalarning zararli jihatini ma’lum qildi

© Depositphotos.com / IgorVetushkoKubik saxara vo rtu devushki
Kubik saxara vo rtu devushki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Obuna bo‘lish
Sun’iy shirinlashtiruvchi moddalar qandli diabetning ikkinchi turiga olib kelishi mumkin.
Biolog Irina Malsevaning Sputnik radiosiga ma’lum qilishicha, tabiiy shakarni sun’iy shirinlashtiruvchi moddalarga almashtirish qandli diabetning ikkinchi turiga olib kelishi mumkin.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, organizm shirinlashtiruvchi moddani xuddi tabiiy shakardek qabul qiladi.
“Retseptorlar nafaqat og‘iz bo‘shlig‘ida, balki organizm ichida ham bor. Shirinlashtiruvchi moddalar oziq-ovqatlar bilan organizmga kirganda, retseptorlar uni glyukozadek qabul qiladi”, - deydi Malseva.
Bundan tashqari, oshqozon osti bezi glyukoza organizmga kirmasada, insulin ishlab chiqishda davom etadi.
“Miya organizm haqiqiy shakarni yoki shirinlashtiruvchi modda qabul qildimi, ajrata olmaydi. Glyukoza miqdorini nazorat qilish uchun miya oshqozon osti beziga glyukozani insulin yordamida kamaytirishni buyruq beradi. Garchi organizmda glyukoza bo‘lmasa ham”, - deydi Malseva.
Ko‘p miqdorda insulin ishlab chiqarilishi esa moddalar almashinuvi buzilishiga olib kelishi mumkin.
“Shirinlashtiruvchi moddalar katta miqdordagi insulin ishlab chiqishini qo‘zg‘atadi. Bu esa insulinni hazm qilmaslikka olib keladi. Bundan so‘ng qandli diabetning ikkinchi turiga olib kelishi mumkin”,- deydi Malseva.
Biolog ko‘proq shirinlik iste’mol qilishni yoqtiradiganlarga sun’iy shirinlashtiruvchilar o‘rniga mevalar va rezavorlar iste’mol qilishni tavsiya qildi.
Yangiliklar lentasi
0