https://oz.sputniknews.uz/20220510/toshkentda-shhtning-xalq-diplomatiyasi-forumi-bolib-otadi-24460881.html
Toshkentda ShHTning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda ShHTning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi.
2022-05-10T15:24+0500
2022-05-10T15:24+0500
2022-05-10T15:24+0500
siyosat
toshkentda shht sammiti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23828478_0:0:2783:1565_1920x0_80_0_0_fa0a29bf0820f47f1fdbdc1b8ce52829.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2022-yil 11-12 may kunlari Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekistonning ShHTga raisligi tashabbusida o‘tkaziladi. Forumda ShHTga a’zo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.Forum avvalida ishtirokchilarga tabrik nutqlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, ShHTning yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yuyeyue va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini boshqaruvchi Vladimir Norov so‘zga chiqadi.Ikki yo‘nalishda bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda – “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining o‘rni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo muloqotning muhim elementi: ShHTga a’zo davlatlarning tajribasi” mavzularida ishtirokchilar “ShHT oilasi” mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yo‘llarini muhokama qiladilar.Forum yakunlari bo‘yicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommunikesini qabul qilish rejalashtirilgan.Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23828478_26:0:2757:2048_1920x0_80_0_0_f9ea0a095ca07123492cf89800714155.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkentda shhtning xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi
toshkentda shhtning xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda ShHTning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. 2022-yil 11-12 may kunlari Toshkentda “Xalq diplomatiyasi – taraqqiyot yo‘lida o‘zaro hamjihatlik” shiori ostida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning Xalq diplomatiyasi forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekistonning ShHTga raisligi tashabbusida o‘tkaziladi. Forumda ShHTga a’zo davlatlar parlamentlari, xalqaro tuzilmalar, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek, ilmiy-tahlil markazlari vakillaridan iborat 120 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Forum avvalida ishtirokchilarga tabrik nutqlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, ShHTning yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik bo‘yicha Xitoy qo‘mitasi raisi Shen Yuyeyue va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini boshqaruvchi Vladimir Norov so‘zga chiqadi.
Ikki yo‘nalishda bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda – “Xalqaro hamkorlikda xalq diplomatiyasining o‘rni” va “Xalq diplomatiyasi – zamonaviy davlatlararo muloqotning muhim elementi: ShHTga a’zo davlatlarning tajribasi” mavzularida ishtirokchilar “ShHT oilasi” mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlash maqsadida xalq diplomatiyasi vositalaridan samarali foydalanish yo‘llarini muhokama qiladilar.
Forum yakunlari bo‘yicha ShHT xalq diplomatiyasining Toshkent kommunikesini qabul qilish rejalashtirilgan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti - mintaqaviy xalqaro tashkilot bo‘lib, uning tarkibiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi.
2001 yilda olti mamlakat rahbarlarii Shanxay xamkorlik tashkilotini tuzish haqida Deklaratsiya imzolashdi. Tashkilotning maqsadi - Markaziy Osiyodagi vaziyatni barqarorlashtirish, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, deb belgilandi.