Tojikistonda chegarachilar to‘liq jangovar shay holatiga keltirildi

© AP Photo / BURT HERMANTadjiksko-afganskaya granitsa
Tadjiksko-afganskaya granitsa  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
Bunga Afg‘oniston bilan chegarada “Tolibon”* va “Islom davlati”** o‘rtasidagi to‘qnashuv sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Tojikistonda chegara qo‘shinlari bo‘linmalari Afg‘oniston bilan chegaradagi hodisa sabab to‘liq jangovar shay holatiga keltirildi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 7-may kuni Afg‘onistonning Taxor viloyatidagi Hojag‘ar hududida, 12-sonli Tojikiston chegara zastavasi ro‘parasida “Tolibon”* radikal harakati va “Islom davlati”** terrorchilik guruhi o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan. To‘qnashuvlar bir yarim soat davom etgan. To‘qnashuv bo‘lib o‘tgan yer Tojikiston davlat chegarasiga yaqin.
Xabarda yozilishicha, jang natijasida o‘qlar Tojikiston hududiga ham uchib o‘tgan. Tojikiston tomonidan qurbonlar va moddiy zarar qayd etilmagan.
“Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bo‘linmalari to‘liq jangovar shay holatiga keltirildi. Tojikiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari davlat chegarasini ishonchli himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar va salohiyatga ega”, - deyilgan xabarda.
Qo‘mita tojik-afg‘on chegarasidagi vaziyat barqaror deb baholanayotgani va u tojikistonlik chegarachilar nazorati ostida ekanini qo‘shimcha qilgan.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
** Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0