Guterrish toliblarning majburiy paranji o‘rash to‘g‘risidagi farmonidan xavotir bildirdi

© Sputnik / V. Kiselev / Mediabankka o‘tishParandja-rasprostranenniy vid odejdi afganskix jenshin.
Parandja-rasprostranenniy vid odejdi afganskix jenshin. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2022
Obuna bo‘lish
“Tolibon”* harakatining oliy rahbari Afg‘onistonda ayollarning yuz va tanani to‘liq yopadigan paranjisiz ko‘chaga chiqishini taqiqlovchi farmonni imzoladi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish “Tolibon”* harakatining Afg‘onistonda ayollar uchun ko‘chada va jamoat joylarida majburiy paranji o‘rab yurishlarini joriy etganidan xavotir bildirdi.
“Men “Tolibon”ning ayollar jamoat joylarida yuzlarini berkitib yurishlari va ko‘chaga faqat zarur hollarda ko‘chaga chiqishlari kerakligi haqidagi bugungi bayonotidan xavotirdaman”, - deya yozdi BMT bosh kotibi Twitter᾽dagi sahifasida.
U toliblarni afg‘on ayollari va qizlariga bergan va’dalari ustidan chiqishga va inson huquqi sohasidagi xalqaro meyorlarga binoat o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirgan.
7 may kuni "Tolibon"* harakatining oliy rahbari Haybatulla Ohundzoda Afg‘onistonda ayollarning yuz va tanani to‘liq yopadigan paranji(burqa)siz ko‘chaga chiqishini taqiqlovchi farmonni imzoladi.Paranji o‘rashdan bosh tortganlik uchun jazo ham belgilangan . Agar ayol ko‘chaga birinchi marta yuzi ochiq holda chiqsa, uning turmush o‘rtog‘i, aka-ukasi yoki otasi bilan suhbat o‘tkaziladi. Ikkinchi safar ayolning xatti-harakati uchun mas’ul bo‘lgan erkak tushuntirish uchun vazirlikka chaqiriladi. Bu hol uchinchi marta sodir bo‘lsa, erkak vasiy sudlanadi va uch kunga qamaladi.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0