https://oz.sputniknews.uz/20220507/uy-oliklarga-tola-edi--fashistlar-qamali-haqida-xotiralar-24417319.html
“Uy o‘liklarga to‘la edi”- fashistlar qamali haqida xotiralar
“Uy o‘liklarga to‘la edi”- fashistlar qamali haqida xotiralar
Sputnik O‘zbekiston
G‘alaba kuni arafasida Sputnik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xotiralarini e’lon qilishda davom etadi. 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T21:48+0500
2022-05-07T21:48+0500
2022-05-07T21:48+0500
jamiyat
ikkinchi jahon urushi
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/06/24402994_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_ad9afd664e1128955cb831acde77b9e8.jpg
Svetlana Petrovna Malseva 1938-yili Kronshtadda tavallud topgan. O‘sha paytda Kronshtad maxfiy, harbiy shahar bo‘lgan. Urush boshlanishi bilan hikoyamiz qahramonini onasidan tortib olishdi va omon qolishi uchun Katta yerga olib borishdi. Urush bolasining keyingi taqdiri qanday kechdi?- batafsil hikoyamizda.Iloji boricha bolalarni qutqaringUrush e’lon qilinishi bilanoq, Kronshtaddagi barcha bolalarni jo‘natishga to‘g‘ri keldi. Ular bu yerda bo‘lmasligi kerak edi - shahar Leningradni fashistlar armiyasining hujumidan kuchli devor bilan himoya qilardi. To‘rt yoshli Svetlananing ota-onasi buyruqqa so‘zsiz bo‘ysunishdi va tinchgina qizini boshqa bolalar qatori jo‘natib yuborishdi. O‘zlari esa shaharda qolishdi - ishlash kerak edi. Ikki oydan so‘ng dushman Leningrad atrofini o‘rab olishi hech kimning xayoliga kelmagan edi.Svetlananing onasi – oddiy, sodda ayol uddaburon dugonasining so‘zlariga ishondi va uyda qoldi. Nyura bolalarni qidirish uchun yo‘lga chiqdi.Kichkina ayolning katta qahramonligiIkki oycha Nyuradan darak bo‘lmadi. Svetlananing onasi uni o‘lgan deb o‘yladi. Keyinchalik Nyura qahramonimizning onasiga cheki yo‘q bombardimonlardan qanday omon qolib o‘tgani, duch kelgan joyda yashirinishga to‘g‘ri kelganini so‘zlab bergan. U Yura va Svetani topishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan qayerda? Svetlana Petrovna aniq eslolmaydi: uning xotirasida hikoyalardan saqlanib qolgani - ularni qandaydir o‘rmonga olib ketishgani xolos.“Bolalarga enagalar, yosh komsomolchilar qarashardi. Ularning orasida Yura va men ham bor edik – kasal edik, yara-chaqalar chiqqan, janda va yupun kiyingan. Bizni Nyura olib ketdi, - deydi qamaldan omon qolgan qahramonimiz. - Bu shunday katta jasorat ediki! U qanday qilib olov chizig‘ini kesib o‘tdi, bilmayman. Onam bu haqida gapirishni xohlamasdi. Asta-sekin undan hammasini o‘zim bilib oldim”.Onasining xotiralarini bittalab yig‘ib, Svetlana qamal haqida dahshatli faktlarni bilib oldi.Rossiya elchixonasida G‘alaba kuniga bag‘ishlangan qabul bo‘lib o‘tdi“Onamning eslashicha, bahorga kelib uyimizda odamlar kam qolgan. Ular birinchi qamaldagi qishdan omon qolishmagan. Uyning barcha pastki qavatlari o‘liklarga to‘lib ketgan”, - deydi Svetlana Malseva.“Onajon!”Svetlananing onasi qo‘shnisini kutdi. U Nyuraning qaytib kelmasligi mumkinligini tushunardi, lekin hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qildi. Bir kuni Nyuraning kvartirasini tekshirish uchun chiqdi. Eshik ochiq. Uyga talonchilar, bezorilar kelgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylab, qo‘rqqanidan eshikni qiya ochib kirdi. Qarasa, qo‘shnisi va bolalar uyda.Svetlananing onasi eshikka suyanib qoldi, nimanidir turtib yubordi. Nyura va bolalar shovqindan orqaga qarashdi. “Onajon!- mitti Svetaning ovozi qichqiriqqa aylanib ketdi...Svetlana Malseva bundan keyin qanday qilib onasi uyga olib ketgani, davolaganini yaxshi eslaydi. Kronshtadda hamon shifokorlar bor edi, bola tuzalib ketdi.“Ammo bog‘chalar ishlamasdi, bolalarni qabul qilmasdi. Uyda bizni yolg‘iz tashlab ketishga to‘g‘ri kelardi. Yaxshiyamki, onamning ish joyi yaqin atrofda edi. Keyin u meni o‘zi bilan ishga olib boradigan va qo‘shimcha binoda yashirib qo‘yadigan bo‘ldi”, - deydi Svetlana.Bir kuni qizaloq binodan chiqib, boqqa aylangani o‘tdi. Rahbariyatdan kimdir uni ko‘rib qoldi va kimning qizi ekanligini so‘radi. Ishchi Xodakovaning qizi deb javob berishdi.“Onamni chaqirishdi, boshliq onamga tikilib turib: Mana shu aytayotgan so‘zlarim uchun meni shu joyda otib tashlashlari mumkin. Hech kimning so‘zlariga ishonmang. Urush hali uzoq davom etadi. Agar ketsangiz, bolani qutqarib qolishingiz mumkin. Bola uchun shunday qilishga majbursiz”, - deb onasining hikoyalarini davom ettiradi qahramonimiz.Eshelon taygaga yo‘l oldiSvetlananing onasi ketishni istamas edi. Biroq boshliqning aytganlariga quloq tutdi. Ular bo‘shab qolgan shaharni Kronshtaddda qolgan yagona odamlar- harbiylarning oilalari bilan - so‘nggi eshalonda tark etishdi.“Bizni barjaga ortishdi. Novosibirsk yaqinidagi temir yo‘lda bizni nemislar payqab qolishdi. Ular qarg‘adek uchib kirib, bombardimon qilishdi. Lekin biz omon qoldik”, - deydi Svetlana Malseva.Poyezd ikki oy deganda manzilga yetib keldi. Vagonlar odamlarga to‘la edi. Svetlana Malseva ularni stansiyalarda ovqatlantirishganini, biroq ba’zida poyezd bir stansiyada bir necha kunga qolib ketganidan odamlar qattiq ocharchilikdan qiynalishganini yaxshi eslaydi. Svetlana va uning onasi tirik qolishdi.Konslagerda tug‘ilgan o‘zbekistonlik hikoyasi“Biz Novosibirskdan 100 kilometr uzoqlikdagi Tog‘uchin stansiyasiga yetib keldik. U yerda bizni sibirliklar kutib olishdi va boshpana berishdi. Evakuatsiya qilinganlar ularga qo‘llaridan kelgancha yordam berishdi: uy yumushlarida ko‘maklashishdi, kolxozlarda ishlashdi. Keyin kvartira topdik. Onam o‘t o‘chiruvchilarga ishga kirdi, keyinchalik temiryo‘lchilar omborida ishlaydigan bo‘ldi. U yerda to‘rt yarim yil yashadik. O‘sha yerda birinchi sinfga bordim”, - deb eslaydi Svetlana Malseva.Biz jannatga kelgandikSvetlana Malseva otasini yaxshi eslolmaydi. Yodida qolgani – otasi dengizchi edi.1946 yilda Svetlananing akasi ularni topdi. Urush boshlanmasdan oldin u xotini va farzandlari bilan O‘zbekistonda yashagan, Marg‘ilon ipak fabrikasini qurgan, keyin Tekstilkombinatni. Urush boshlanganda frontga ketgan. Tugagandan so‘ng O‘zbekistonga qaytgan.“Tog‘am onamni issiqroq joyga ko‘chib kelishga ko‘ndirdi. Uzoq o‘ylab, onam rozi bo‘ldi. Biz bu yerga 1947-yilga yetib keldik. Xuddi jannatga tushib qolgandek edik: serquyosh o‘lka, mevalar ko‘p. Birinchi bo‘lib qizlar maktabiga bordim, keyinchalik o‘g‘il bolalar bilan o‘qiydigan bo‘ldik. Yangam sochlarimni xuddi o‘zbek qizlariniki kabi o‘rib qo‘yardilar”, - deb iliq tabassum bilan xotirlaydi Svetlana Malseva.O‘zbekistonda qahramonimiz farzandlari va nabiralari qurshovida yashab kelmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/06/24402994_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_fb5100693da757e7630e28f0d473fba2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ikkinchi jahon urushi, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
jamiyat, ikkinchi jahon urushi, 9-may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
“Uy o‘liklarga to‘la edi”- fashistlar qamali haqida xotiralar
G‘alaba kuni arafasida Sputnik Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xotiralarini e’lon qilishda davom etadi.
Svetlana Petrovna Malseva 1938-yili Kronshtadda tavallud topgan. O‘sha paytda Kronshtad maxfiy, harbiy shahar bo‘lgan. Urush boshlanishi bilan hikoyamiz qahramonini onasidan tortib olishdi va omon qolishi uchun Katta yerga olib borishdi. Urush bolasining keyingi taqdiri qanday kechdi?- batafsil hikoyamizda.
Iloji boricha bolalarni qutqaring
Urush e’lon qilinishi bilanoq, Kronshtaddagi barcha bolalarni jo‘natishga to‘g‘ri keldi. Ular bu yerda bo‘lmasligi kerak edi - shahar Leningradni fashistlar armiyasining hujumidan kuchli devor bilan himoya qilardi. To‘rt yoshli Svetlananing ota-onasi buyruqqa so‘zsiz bo‘ysunishdi va tinchgina qizini boshqa bolalar qatori jo‘natib yuborishdi. O‘zlari esa shaharda qolishdi - ishlash kerak edi. Ikki oydan so‘ng dushman Leningrad atrofini o‘rab olishi hech kimning xayoliga kelmagan edi.
“Iloji boricha bolalarni qutqaring- radioda shunday deb e’lon qilishdi. Kronshtadtdan ommaviy evakuatsiya boshlandi. Onam men bilan ketardi, lekin qo‘shnimiz to‘xtatdi. O‘shanda shaharni harbiylar qo‘riqlasa ham talonchilar boshqara boshlagan edi. Qo‘shnimiz Nyura uyni talon-taroj qilishlaridan qo‘rqib, o‘zi borib bolalarni topishini aytdi va onamni ko‘ndirdi. Ustiga ustak uning 4 yoshli O‘g‘li Yura ham biz bilan ketgan edi”, - deb eslaydi Svetlana Malseva.
Svetlananing onasi – oddiy, sodda ayol uddaburon dugonasining so‘zlariga ishondi va uyda qoldi. Nyura bolalarni qidirish uchun yo‘lga chiqdi.
Kichkina ayolning katta qahramonligi
Ikki oycha Nyuradan darak bo‘lmadi. Svetlananing onasi uni o‘lgan deb o‘yladi. Keyinchalik Nyura qahramonimizning onasiga cheki yo‘q bombardimonlardan qanday omon qolib o‘tgani, duch kelgan joyda yashirinishga to‘g‘ri kelganini so‘zlab bergan. U Yura va Svetani topishga muvaffaq bo‘ldi. Aynan qayerda? Svetlana Petrovna aniq eslolmaydi: uning xotirasida hikoyalardan saqlanib qolgani - ularni qandaydir o‘rmonga olib ketishgani xolos.
“Bolalarga enagalar, yosh komsomolchilar qarashardi. Ularning orasida Yura va men ham bor edik – kasal edik, yara-chaqalar chiqqan, janda va yupun kiyingan. Bizni Nyura olib ketdi, - deydi qamaldan omon qolgan qahramonimiz. - Bu shunday katta jasorat ediki! U qanday qilib olov chizig‘ini kesib o‘tdi, bilmayman. Onam bu haqida gapirishni xohlamasdi. Asta-sekin undan hammasini o‘zim bilib oldim”.
Onasining xotiralarini bittalab yig‘ib, Svetlana qamal haqida dahshatli faktlarni bilib oldi.
“Onamning eslashicha, bahorga kelib uyimizda odamlar kam qolgan. Ular birinchi qamaldagi qishdan omon qolishmagan. Uyning barcha pastki qavatlari o‘liklarga to‘lib ketgan”, - deydi Svetlana Malseva.
Svetlananing onasi qo‘shnisini kutdi. U Nyuraning qaytib kelmasligi mumkinligini tushunardi, lekin hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qildi. Bir kuni Nyuraning kvartirasini tekshirish uchun chiqdi. Eshik ochiq. Uyga talonchilar, bezorilar kelgan bo‘lishi mumkin deb o‘ylab, qo‘rqqanidan eshikni qiya ochib kirdi. Qarasa, qo‘shnisi va bolalar uyda.
Svetlananing onasi eshikka suyanib qoldi, nimanidir turtib yubordi. Nyura va bolalar shovqindan orqaga qarashdi. “Onajon!- mitti Svetaning ovozi qichqiriqqa aylanib ketdi...
Svetlana Malseva bundan keyin qanday qilib onasi uyga olib ketgani, davolaganini yaxshi eslaydi. Kronshtadda hamon shifokorlar bor edi, bola tuzalib ketdi.
“Ammo bog‘chalar ishlamasdi, bolalarni qabul qilmasdi. Uyda bizni yolg‘iz tashlab ketishga to‘g‘ri kelardi. Yaxshiyamki, onamning ish joyi yaqin atrofda edi. Keyin u meni o‘zi bilan ishga olib boradigan va qo‘shimcha binoda yashirib qo‘yadigan bo‘ldi”, - deydi Svetlana.
Bir kuni qizaloq binodan chiqib, boqqa aylangani o‘tdi. Rahbariyatdan kimdir uni ko‘rib qoldi va kimning qizi ekanligini so‘radi. Ishchi Xodakovaning qizi deb javob berishdi.
“Onamni chaqirishdi, boshliq onamga tikilib turib: Mana shu aytayotgan so‘zlarim uchun meni shu joyda otib tashlashlari mumkin. Hech kimning so‘zlariga ishonmang. Urush hali uzoq davom etadi. Agar ketsangiz, bolani qutqarib qolishingiz mumkin. Bola uchun shunday qilishga majbursiz”, - deb onasining hikoyalarini davom ettiradi qahramonimiz.
Eshelon taygaga yo‘l oldi
Svetlananing onasi ketishni istamas edi. Biroq boshliqning aytganlariga quloq tutdi. Ular bo‘shab qolgan shaharni Kronshtaddda qolgan yagona odamlar- harbiylarning oilalari bilan - so‘nggi eshalonda tark etishdi.
“Bizni barjaga ortishdi. Novosibirsk yaqinidagi temir yo‘lda bizni nemislar payqab qolishdi. Ular qarg‘adek uchib kirib, bombardimon qilishdi. Lekin biz omon qoldik”, - deydi Svetlana Malseva.
Poyezd ikki oy deganda manzilga yetib keldi. Vagonlar odamlarga to‘la edi. Svetlana Malseva ularni stansiyalarda ovqatlantirishganini, biroq ba’zida poyezd bir stansiyada bir necha kunga qolib ketganidan odamlar qattiq ocharchilikdan qiynalishganini yaxshi eslaydi. Svetlana va uning onasi tirik qolishdi.
“Biz Novosibirskdan 100 kilometr uzoqlikdagi Tog‘uchin stansiyasiga yetib keldik. U yerda bizni sibirliklar kutib olishdi va boshpana berishdi. Evakuatsiya qilinganlar ularga qo‘llaridan kelgancha yordam berishdi: uy yumushlarida ko‘maklashishdi, kolxozlarda ishlashdi. Keyin kvartira topdik. Onam o‘t o‘chiruvchilarga ishga kirdi, keyinchalik temiryo‘lchilar omborida ishlaydigan bo‘ldi. U yerda to‘rt yarim yil yashadik. O‘sha yerda birinchi sinfga bordim”, - deb eslaydi Svetlana Malseva.
Svetlana Malseva otasini yaxshi eslolmaydi. Yodida qolgani – otasi dengizchi edi.
“1942 yilning avgust oyida otamni armiyaga chaqirishdi. Bir marta xat jo‘natdi: Dengiz qirg‘og‘ida ishlaydiganlarning kiyimini berishdi. Tong otishi bilan jangga ketamiz. Tirik qolsam- yozaman deb yozilgandi xatda. Keyin boshqa hech qanday xabar kelmadi otamdan”, - deydi ayol.
1946 yilda Svetlananing akasi ularni topdi. Urush boshlanmasdan oldin u xotini va farzandlari bilan O‘zbekistonda yashagan, Marg‘ilon ipak fabrikasini qurgan, keyin Tekstilkombinatni. Urush boshlanganda frontga ketgan. Tugagandan so‘ng O‘zbekistonga qaytgan.
“Tog‘am onamni issiqroq joyga ko‘chib kelishga ko‘ndirdi. Uzoq o‘ylab, onam rozi bo‘ldi. Biz bu yerga 1947-yilga yetib keldik. Xuddi jannatga tushib qolgandek edik: serquyosh o‘lka, mevalar ko‘p. Birinchi bo‘lib qizlar maktabiga bordim, keyinchalik o‘g‘il bolalar bilan o‘qiydigan bo‘ldik. Yangam sochlarimni xuddi o‘zbek qizlariniki kabi o‘rib qo‘yardilar”, - deb iliq tabassum bilan xotirlaydi Svetlana Malseva.
O‘zbekistonda qahramonimiz farzandlari va nabiralari qurshovida yashab kelmoqda.