Qarshidagi noyob “Vatanparvarlar bog‘i” G‘alaba xotirasini o‘zida saqlab keladi

Obuna bo‘lish
Maydoni 7 gektarni tashkil qiladigan mazkur bog‘da muzey va blindaj (dala istehkomi) qurilgan, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan o‘zbekistonliklar xotirasi abadiylashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri markazida “Vatanparvarlar bog‘i” joylashgan. U 2018-yilda qurilgan.
Maydoni 7 gektarni tashkil qiladigan mazkur bog‘da Ulug‘ Vatan urushi tasvirlangan muzey va blindaj (dala istehkomi) qurilgan, Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan o‘zbekistonliklar xotirasi abadiylashtirilgan. Muzeydagi eksponatlar orasida shevronlar, qurol-yarog‘, askarlarning haqiqiy modellari, musiqa asboblari ham bor.
Blindajning tepasida ovoz kuchaytirgich yoki o‘sha paytda atalgan radiokarnay o‘rnatilgan. Radioda o‘tgan yillardagi mashhur harbiy qo‘shiqlar eshitiladi va afsonaviy sovet diktori Yuriy Levitanning radio xabarlari yozuvlari efirga uzatiladi.
Bog‘da Ikkinchi jahon urushi frontlarida qatnashgan o‘zbeklarga bag‘ishlangan ekspozitsiya alohida o‘rin tutadi. Bu yerda siz o‘sha davrlarning haqiqiy harbiy texnikasini ko‘rishingiz mumkin.
Bog‘ markazida O‘zbekiston xaritasining ulkan maketi barpo etilgan. Unda xar bir hududning buyuk siymolari, qadimiy obidalari, serviqor tog‘lari, bepoyon kengliklarigacha aks etgan
“Vatanparvalar” bog‘i 2018-yilda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ochilgan edi. Davlat rahbari ochilish marosimida so‘zga chiqib, O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga qo‘shgan hissasini yoshlarga yetkazish, tinchlik-osoyishtaligimiz uchun katta xizmatlar qilgan vatandoshlari haqida so‘zlab berish zarurligini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0