https://oz.sputniknews.uz/20220507/ozbekistonliklar-13-turdagi-kasalliklarga-qarshi-emlanyapti-24415971.html
O‘zbekistonliklar 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlanyapti
O‘zbekistonliklar 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlanyapti
Sputnik O‘zbekiston
Difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuensa tip B (XIB)... 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T16:06+0500
2022-05-07T16:06+0500
2022-05-07T16:06+0500
jamiyat
emlash
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/14/21862767_0:157:3080:1890_1920x0_80_0_0_9664a50f9e68c135a6e265981eaaa5d1.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston aholisi 13 turdagi kasalliklarga qarshi rejali emlanmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim rahbari Dilorom Tursunova ma’lum qildi. Mutaxassisga ko‘ra, mamlakatda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan. Unga muvofiq, 13 turdagi yuqumli kasalliklar — difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuensa tip B (XIB) infeksiyasi, bachadon bo‘yni saratoniga qarshi rejali vaksinatsiya tadbirlari o‘tkaziladi.Profilaktik emlashlar uchun 3 ming 138 ta emlash punkti ajratilgan. Chaqaloqlarni silga va gepatit V ga qarshi emlash esa tug‘uruq komplekslarida amalga oshirilmoqda.Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etgan. Mamlakatda 2003-yildan buyon emlashdan so‘ng nojo‘ya holatlar ro‘yxatga olinmagan.“Muhimi, immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996-yildan buyon respublikamizda yovvoyi polioviruslar keltirib chiqaradigan poliomiyelit kasalligi tugatildi va O‘zbekiston 2002-yilda “Poliomiyelitdan xoli hudud”, 2017-yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminatsiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq bo‘ldi”, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi rahbari.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/14/21862767_176:0:2905:2047_1920x0_80_0_0_e260dda953d11d683fb6140b4505f378.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, emlash, o‘zbekiston
jamiyat, emlash, o‘zbekiston
O‘zbekistonliklar 13 turdagi kasalliklarga qarshi emlanyapti
Difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuensa tip B (XIB) infeksiyasi, bachadon bo‘yni saratoniga qarshi rejali vaksinatsiya tadbirlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston aholisi 13 turdagi kasalliklarga qarshi rejali emlanmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘lim rahbari Dilorom Tursunova
ma’lum qildi. Mutaxassisga ko‘ra, mamlakatda Milliy profilaktik emlash kalendari joriy etilgan. Unga muvofiq, 13 turdagi yuqumli kasalliklar — difteriya, ko‘kyo‘tal, qoqshol, sil, virusli gepatit V, poliomiyelit, qizamiq, qizilcha, epidemik parotit, rotavirus, pnevmokokk, gemofilius inflyuensa tip B (XIB) infeksiyasi, bachadon bo‘yni saratoniga qarshi rejali vaksinatsiya tadbirlari o‘tkaziladi.
Profilaktik emlashlar uchun 3 ming 138 ta emlash punkti ajratilgan. Chaqaloqlarni silga va gepatit V ga qarshi emlash esa tug‘uruq komplekslarida amalga oshirilmoqda.
“Aholini boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ushbu xastaliklarni kamaytirish, infeksiya o‘choqlarini jilovlash va bartaraf etishda asosiy vosita hisoblanadi”, - deydi Dilorom Tursunova.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlashlar bilan qamrab olish darajasi 95-98 foizni tashkil etgan. Mamlakatda 2003-yildan buyon emlashdan so‘ng nojo‘ya holatlar ro‘yxatga olinmagan.
“Muhimi, immunizatsiya tadbirlarining muntazam va samarali olib borilishi natijasida 1996-yildan buyon respublikamizda yovvoyi polioviruslar keltirib chiqaradigan poliomiyelit kasalligi tugatildi va O‘zbekiston 2002-yilda “Poliomiyelitdan xoli hudud”, 2017-yilda esa “Qizamiq va qizilchaning 36 oylik eliminatsiyasiga erishgan hudud” nomli xalqaro sertifikatlarni olishga muvaffaq bo‘ldi”, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi rahbari.