https://oz.sputniknews.uz/20220507/ozbekistonlik-olimlar-yangi-biostimulyator-yaratishdi-24412455.html
O‘zbekistonlik olimlar yangi biostimulyator yaratishdi
O‘zbekistonlik olimlar yangi biostimulyator yaratishdi
Sputnik O‘zbekiston
Biostimulyator o‘simlik fiziologiyasini o‘zgartiradi. U qo‘llanilgan o‘simlikning ildiz tizimida o‘sish tezlashadi. 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T12:04+0500
2022-05-07T12:04+0500
2022-05-07T12:04+0500
jamiyat
olimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/07/24412425_0:41:743:458_1920x0_80_0_0_fecb6fb73b4a374aeca48df1725d8a13.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari yangi biostimulyator yaratishdi. Bu haqda akademiya matbuot xabar berdi.“Uning tarkibi para-nitrobenzoy kislota, mis(II)xlorid tuzi va triyetanolamindan iborat. Strukturasi rentgenstrukturaviy analiz yordamida tekshirilganda misning biyadroli kompleks birikmasi hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.Yangi biostimulyatorga BKM deb nom qo‘yilgan.Biostimulyator bug‘doy va makkajo‘xorida sinab ko‘rilganda, unib chiqish 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan rivojlanishi tezlashgan. Bu hosildorlikni 8-10 sentnerga oshirish imkonini bergan.Biostimulyator o‘simlik fiziologiyasini o‘zgartiradi. U namlik yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishi kabi abiotik stresslarga chidamli bo‘ladi.Biostimulyatorlar qo‘llanilgan o‘simlikning ildiz tizimida o‘sish tezlashadi. Immuniteti yaxshilangan ildizlar noqulay ekologik sharoitlarga bardosh beradi va kasalliklarga qarshi kurasha oladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/07/24412425_0:0:743:558_1920x0_80_0_0_adbbc767f3f9e073878d38c016fde4d3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, olimlar
O‘zbekistonlik olimlar yangi biostimulyator yaratishdi
Biostimulyator o‘simlik fiziologiyasini o‘zgartiradi. U qo‘llanilgan o‘simlikning ildiz tizimida o‘sish tezlashadi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari yangi biostimulyator yaratishdi. Bu haqda akademiya matbuot
xabar berdi. “Uning tarkibi para-nitrobenzoy kislota, mis(II)xlorid tuzi va triyetanolamindan iborat. Strukturasi rentgenstrukturaviy analiz yordamida tekshirilganda misning biyadroli kompleks birikmasi hosil bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
Yangi biostimulyatorga BKM deb nom qo‘yilgan.
Biostimulyator bug‘doy va makkajo‘xorida sinab ko‘rilganda, unib chiqish 3-4 kunga, barcha fazalarda nazoratga nisbatan rivojlanishi tezlashgan. Bu hosildorlikni 8-10 sentnerga oshirish imkonini bergan.
Biostimulyator o‘simlik fiziologiyasini o‘zgartiradi. U namlik yetishmovchiligi, qurg‘oqchilik, tuproq sho‘rlanishi kabi abiotik stresslarga chidamli bo‘ladi.
Biostimulyatorlar qo‘llanilgan o‘simlikning ildiz tizimida o‘sish tezlashadi. Immuniteti yaxshilangan ildizlar noqulay ekologik sharoitlarga bardosh beradi va kasalliklarga qarshi kurasha oladi.