https://oz.sputniknews.uz/20220507/lxr-va-dxrning-rossiyadagi-elchilari-tayinlandi-24414156.html
LXR va DXRning Rossiyadagi elchilari tayinlandi
LXR va DXRning Rossiyadagi elchilari tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
DXR rahbari Olga Makeyevani, LXR rahbari esa Rodion Miroshnikni Rossiyadagi elchisi etib tayinladi. 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T13:58+0500
2022-05-07T13:58+0500
2022-05-07T13:58+0500
dunyoda
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
elchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/13/18395298_0:81:3113:1832_1920x0_80_0_0_07d7b302d97e3467c4583787600f9d3c.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Donesk xalq respublikasi hamda Lugansk xalq respublikasi Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchilarini tayinladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Xabarga ko‘ra, DXR rahbari Denis Pushilin Respublika Xalq kengashi raisi o‘rinbosari Olga Makeyevani Rossiyadagi elchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.“Olga Aleksandrovna Makeyeva Donesk Xalq Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlansin”, - deyilgan hujjatda.O‘z navbatida, Rodion Miroshnik LXRning Rossiyadagi elchisi etib tayinlangan. U Luganskda tug‘ilgan hamda jurnalist bo‘lib ishlagan.“6 may kuni yangi tayinlangan elchilar departament boshlig‘i o‘rinbosari Andrey Rudenkoga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi”, - deb xabar berdi Rossiya TIV.Olga MakeyevaOlga Makeyeva Doneskda tug‘ilgan. U siyosiy faoliyatidan oldin tijorat kompaniyalarida, shuningdek, davlatga qarashli “Donbassaero” aviakompaniyasida (2013 yilda bankrot deb e’lon qilingan va tugatilgan) yuridik xizmatlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. DXR tashkil etilgandan so‘ng u deputat, konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasining raisi hamda mahalliy parlament spikeri sifatida ishlagan.Rodion MiroshnikRodion Miroshnik Luganskda tug‘ilgan hamda jurnalist bo‘lib ishlagan. Keyinchalik “Hududlar partiyasi”dan mahalliy viloyat kengashiga deputat bo‘ldi. LXR tashkil etilgandan so‘ng, u tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha aloqa guruhida respublikaning rasmiy vakili, shuningdek, LXR rahbari Leonid Pasechnikning jamoat aloqalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.Avvalroq, bir yoki ikki oy ichida Moskvada Lugansk va Donesk xalq respublikalarining elchixonalari ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik. Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni Rossiya Lugansk va Donesk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgandan so‘ng darhol ular bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.Bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Bundan tashqari, har ikki respublika bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.Farmon oldidan davlat rahbarining rossiyaliklarga katta, dasturiy telemurojaati bo‘lib o‘tdi, unda Putin o‘z qarorini batafsil tushuntirib berdi va Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan vaziyatni muhokama qildi.“Qon to‘kish, zo‘ravonlik, qonunbuzarlik yo‘liga o‘tganlar Donbassning harbiy qarordan tashqari boshqa hech qanday qarorini tan olishmadi va tan olishmaydi. Shu munosabat bilan men uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan qarorniqabul qilishni zarur deb hisoblayman — zudlik bilan DXR va LXR mustaqilligini tan oling”, dedi o‘sha paytda prezident.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan. Operatsiya maqsadi —“Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirildi.
lugansk xalq respublikasi (lxr)
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/13/18395298_138:0:2869:2048_1920x0_80_0_0_c23f54a284250f0cdee09228c0328486.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), elchilar
dunyoda, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), elchilar
LXR va DXRning Rossiyadagi elchilari tayinlandi
DXR rahbari Olga Makeyevani, LXR rahbari esa Rodion Miroshnikni Rossiyadagi elchisi etib tayinladi.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Donesk xalq respublikasi hamda Lugansk xalq respublikasi Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchilarini tayinladi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi. Xabarga ko‘ra, DXR rahbari Denis Pushilin Respublika Xalq kengashi raisi o‘rinbosari Olga Makeyevani Rossiyadagi elchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.
“Olga Aleksandrovna Makeyeva Donesk Xalq Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlansin”, - deyilgan hujjatda.
O‘z navbatida, Rodion Miroshnik LXRning Rossiyadagi elchisi etib tayinlangan. U Luganskda tug‘ilgan hamda jurnalist bo‘lib ishlagan.
“6 may kuni yangi tayinlangan elchilar departament boshlig‘i o‘rinbosari Andrey Rudenkoga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi”, - deb xabar berdi Rossiya TIV.
Olga Makeyeva Doneskda tug‘ilgan. U siyosiy faoliyatidan oldin tijorat kompaniyalarida, shuningdek, davlatga qarashli “Donbassaero” aviakompaniyasida (2013 yilda bankrot deb e’lon qilingan va tugatilgan) yuridik xizmatlar bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. DXR tashkil etilgandan so‘ng u deputat, konstitutsiyaviy qonunchilik va davlat qurilishi qo‘mitasining raisi hamda mahalliy parlament spikeri sifatida ishlagan.
Rodion Miroshnik Luganskda tug‘ilgan hamda jurnalist bo‘lib ishlagan. Keyinchalik “Hududlar partiyasi”dan mahalliy viloyat kengashiga deputat bo‘ldi. LXR tashkil etilgandan so‘ng, u tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha aloqa guruhida respublikaning rasmiy vakili, shuningdek, LXR rahbari Leonid Pasechnikning jamoat aloqalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Avvalroq, bir yoki ikki oy ichida Moskvada Lugansk va Donesk xalq respublikalarining elchixonalari ochilishi rejalashtirilayotgani haqida
xabar bergan edik. Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni Rossiya Lugansk va Donesk xalq respublikalari mustaqilligini tan olgandan so‘ng darhol ular bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.
Bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin LXR va DXR mustaqilligini tan olish haqidagi farmonlarni imzoladi. Bundan tashqari, har ikki respublika bilan do‘stlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida shartnomalar imzolandi.
Farmon oldidan davlat rahbarining rossiyaliklarga katta, dasturiy telemurojaati bo‘lib o‘tdi, unda Putin o‘z qarorini batafsil tushuntirib berdi va Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan vaziyatni muhokama qildi.
“Qon to‘kish, zo‘ravonlik, qonunbuzarlik yo‘liga o‘tganlar Donbassning harbiy qarordan tashqari boshqa hech qanday qarorini tan olishmadi va tan olishmaydi. Shu munosabat bilan men uzoq vaqtdan beri kechiktirilgan qarorniqabul qilishni zarur deb hisoblayman — zudlik bilan DXR va LXR mustaqilligini tan oling”, dedi o‘sha paytda prezident.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshladi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi “DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish” deb atagan. Operatsiya maqsadi —“Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.
Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirildi.