https://oz.sputniknews.uz/20220507/berlinda-rossiyalik-jurnalistlarga-qarshi-uyushtirilgan-ehtimoliy-teraktning-oldi-olindi-24416772.html
Berlinda rossiyalik jurnalistlarga qarshi uyushtirilgan ehtimoliy teraktning oldi olindi
Berlinda rossiyalik jurnalistlarga qarshi uyushtirilgan ehtimoliy teraktning oldi olindi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV: Germaniya hukumati ushbu jinoyatni har tomonlama chuqur tekshirishga majburdir. 07.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-07T15:20+0500
2022-05-07T15:20+0500
2022-05-07T15:20+0500
dunyoda
germaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/07/24416744_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_daf232cee73f71a5a39e3c0bcaf1b7e2.jpg
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Kecha, 6-may kuni, Berlinda Rossiyaga tegishli turar-joy majmuasida yashovchi rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolariga qarshi terrorchilik harakatini amalga oshirishga bo‘lgan ehtimoliy urinishning oldi olindi. Bu haqda Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi xabar berdi. Xabarga ko‘ra, binoning derazalaridan biri shisha bilan sindirilgan. Keyin uyda suyuqlik bilan to‘ldirilgan katta idish, plastik shisha va simlar yopishtirilgan gaz ballonidan iborat shubhali narsa topilgan.Voqea joyiga yetib kelgan Germaniya huquq-tartibot idoralari xodimlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ashyo qo‘lbola portlovchi qurilma bo‘lgan.Portlash xavfi bo‘lgani sababli qurilma joyida zararsizlantirilgan. Operatsiya natijasida hech kim jabrlanmagan. Berlin politsiyasi voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.Rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolariga xavfsiz joyga ko‘chib o‘tish imkoniyati berildi. Voqea fakti yuzasidan elchixona Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga jinoyatchilarni aniqlash talabi bilan nota yubordi.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi hamda NATO davlatlaridan rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolarini o‘z hududida himoya qilish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qilmoqda.Ta’kidlanishicha, demokratiyaning asosiy tamoyillari – so‘z erkinligi va jurnalistlar xavfsizligiga qaratilgan bu qo‘pol hujumga xolis baho BMT, YuNESKO va YXHTning jurnalistlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalari tomonidan berilishi kerak.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/07/24416744_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_bcb605f11dc5b04f1b379c5c515b3a4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, germaniya
Berlinda rossiyalik jurnalistlarga qarshi uyushtirilgan ehtimoliy teraktning oldi olindi
Rossiya TIV: Germaniya hukumati ushbu jinoyatni har tomonlama chuqur tekshirishga majburdir.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Kecha, 6-may kuni, Berlinda Rossiyaga tegishli turar-joy majmuasida yashovchi rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolariga qarshi terrorchilik harakatini amalga oshirishga bo‘lgan ehtimoliy urinishning oldi olindi. Bu haqda Rossiyaning Germaniyadagi elchixonasi
xabar berdi. Xabarga ko‘ra, binoning derazalaridan biri shisha bilan sindirilgan. Keyin uyda suyuqlik bilan to‘ldirilgan katta idish, plastik shisha va simlar yopishtirilgan gaz ballonidan iborat shubhali narsa topilgan.
Voqea joyiga yetib kelgan Germaniya huquq-tartibot idoralari xodimlarining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ashyo qo‘lbola portlovchi qurilma bo‘lgan.
Portlash xavfi bo‘lgani sababli qurilma joyida zararsizlantirilgan. Operatsiya natijasida hech kim jabrlanmagan. Berlin politsiyasi voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.
Rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolariga xavfsiz joyga ko‘chib o‘tish imkoniyati berildi. Voqea fakti yuzasidan elchixona Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga jinoyatchilarni aniqlash talabi bilan nota yubordi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniya va boshqa Yevropa Ittifoqi hamda NATO davlatlaridan rossiyalik jurnalistlar va ularning oila a’zolarini o‘z hududida himoya qilish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qilmoqda.
“Biz buni G‘arbda Rossiya ommaviy axborot vositalari va ularning xodimlariga nisbatan boshlangan ta’qiblarning bevosita natijasi deb bilamiz. Rossiya ommaviy axborot vositalarini Yevropa Ittifoqida efirdan olib tashlash haqidagi siyosiylashtirilgan qaror ularning jismoniy qo‘rqitishi va shu jumladan, yo‘q qilinishiga olib keldi. Germaniya hukumati ushbu jinoyatni har tomonlama chuqur tekshirishga majburdir”, - deyiladi Rossiya TIV
bayonotida. Ta’kidlanishicha, demokratiyaning asosiy tamoyillari – so‘z erkinligi va jurnalistlar xavfsizligiga qaratilgan bu qo‘pol hujumga xolis baho BMT, YuNESKO va YXHTning jurnalistlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalari tomonidan berilishi kerak.