https://oz.sputniknews.uz/20220505/ukraina-harbiylari-qochqinlar-karvonini-oqqa-tutdi---video-24372224.html
Ukraina harbiylari qochqinlar karvonini o‘qqa tutdi - video
Ukraina harbiylari qochqinlar karvonini o‘qqa tutdi - video
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina harbiylari shunchaki ogohlantirish uchun osmonga o‘q uzmadi, ular bizni nishonga olib o‘t ochdi - guvoh hikoyasi. 05.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-05T15:37+0500
2022-05-05T15:37+0500
2022-05-05T15:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
harbiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/07/23192802_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_9b5ddf2aeebb3b0dacd308dbfd557f8d.jpg
TOShKENT, 5-may - Sputnik. Ukraina harbiylari Volchanskdan Xarkov tomon ketayotgan qochqinlar avtokarvonini o‘qqa tutdi. Bu haqida ushbu karvondan bo‘lgan haydovchilardan biri RIA Novostiga aytib berdi. Quyida uning hikoyasini keltiramiz. "Biz Rubejnoe posolkasidan Xarkov tomon yo‘lga chiqdik. Dastlab Verxniy Saltovdan o‘tib Stariy Saltov tomon yo‘l oldik. Yo‘lda ko‘prikdan o‘tishimiz kerak edi. U yerda Ukrain armiyasining blok-posti joylashgan edi. Biz unga 100 metr masofaga yaqinlashganimizda, ular bizga qarab o‘t ochdi.Tinch aholi mashinalaridan iborat butun kolonna orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Lekin birinchida ketayotgan 4ta avtomobil o‘q ostida qoldi. Meni mashinam birinchi edi. Mashinalarda asosan ayollar va bolalarni olib ketayotgandik, faqat haydovchilar erkaklar edi.Ukraina harbiylari shunchaki ogohlantirish uchun osmonga o‘q uzmadi, ular bizni nishonga olib o‘t ochdi. Bunday deyishimga sabab otilgan o‘qlar to‘g‘ri avtomobilga kelib tegayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim".Ma’lumot uchun, Ukraina harbiylari va millatchi batalonlan o‘z tinch aholisidan "tirik qalqon" sifatida foydalanmoqda. Xususan ular reaktiv va artilleriya qurollarini tinch aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylar hovlisida joylashtirmoqda. Undan tashqari Rossiya gumanitar koridorlar tashkil qilishiga qaramasdan, Ukraina tomoni aksariya hollarda tinch aholi chiqishiga ruxsat bermayapti. Yo‘lga chiqqan qochqinlar karvonlari o‘qqa tutilmoqda.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/07/23192802_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d52791a2a27a863259a136a6b96e75bb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, harbiylar
Ukraina harbiylari qochqinlar karvonini o‘qqa tutdi - video
Ukraina harbiylari shunchaki ogohlantirish uchun osmonga o‘q uzmadi, ular bizni nishonga olib o‘t ochdi - guvoh hikoyasi.
TOShKENT, 5-may - Sputnik. Ukraina harbiylari Volchanskdan Xarkov tomon ketayotgan qochqinlar avtokarvonini o‘qqa tutdi. Bu haqida ushbu karvondan bo‘lgan haydovchilardan biri RIA Novostiga aytib berdi.
Quyida uning hikoyasini keltiramiz.
"Biz Rubejnoe posolkasidan Xarkov tomon yo‘lga chiqdik. Dastlab Verxniy Saltovdan o‘tib Stariy Saltov tomon yo‘l oldik. Yo‘lda ko‘prikdan o‘tishimiz kerak edi. U yerda Ukrain armiyasining blok-posti joylashgan edi. Biz unga 100 metr masofaga yaqinlashganimizda, ular bizga qarab o‘t ochdi.
Tinch aholi mashinalaridan iborat butun kolonna orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Lekin birinchida ketayotgan 4ta avtomobil o‘q ostida qoldi. Meni mashinam birinchi edi. Mashinalarda asosan ayollar va bolalarni olib ketayotgandik, faqat haydovchilar erkaklar edi.
Mening yonimda o‘tirgan tanishim mashina old oynasini teshib o‘tgan birinchi o‘qdanoq qurbon bo‘ldi. Men o‘zim shaxsan uning bo‘ynida va qo‘lida pulsini tekshirib ko‘rdi. Ko‘z oldimda yana bir yoshi katta ayol qurbon bo‘ldi. Bir amallab emaklab orqaga qochib qoldik.
Ukraina harbiylari shunchaki ogohlantirish uchun osmonga o‘q uzmadi, ular bizni nishonga olib o‘t ochdi. Bunday deyishimga sabab otilgan o‘qlar to‘g‘ri avtomobilga kelib tegayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim".
Ma’lumot uchun, Ukraina harbiylari va millatchi batalonlan o‘z tinch aholisidan "tirik qalqon" sifatida foydalanmoqda. Xususan ular reaktiv va artilleriya qurollarini tinch aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylar hovlisida joylashtirmoqda. Undan tashqari Rossiya gumanitar koridorlar tashkil qilishiga qaramasdan, Ukraina tomoni aksariya hollarda tinch aholi chiqishiga ruxsat bermayapti. Yo‘lga chiqqan qochqinlar karvonlari o‘qqa tutilmoqda.