https://oz.sputniknews.uz/20220505/surxondaryodan-har-kuni-rossiyaga-orik-eksport-qilinmoqda-24368092.html
Surxondaryodan har kuni Rossiyaga o‘rik eksport qilinmoqda
Surxondaryodan har kuni Rossiyaga o‘rik eksport qilinmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bu yilgi mavsum davomida Termiz tumanida o‘rikning o‘zidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va uni chet davlatlarga eksport qilish kutilmoqda. 05.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-05T13:08+0500
2022-05-05T13:08+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisod
surxondaryo
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24367622_0:320:3073:2048_1920x0_80_0_0_0da4e932b52babab8693b977f946f15a.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida pishib yetilgan o‘rik hosili kunlik terib olinib, har kuni 10 tonnadan ortiq mahsulot Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda. O‘zbekistonning eng janubiy hududi – Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidan yangi hosil o‘rigining birinchi partiyalarini eksport qilish boshlandi. Xususan, “SPN Humo agro” korxonasi hozirga qadar bir necha o‘nlab tonna ertapishar sarxil o‘riklarini tashqi bozorlarga jo‘natgan.Korxonaga qarashli maydonda Turkiya, Italiya va Gretsiya kabi davlatlardan keltirilgan “Pretsiya”, “Rubista”, “Moyakot” kabi o‘riklarning 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari ekilgan.Hozirda 30 gektar maydonda shaftoli, 58 gektarda o‘rikning hosildor navlarini yetishtirilmoqda. Bu yilgi mavsum davomida o‘rikning o‘zidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.Korxona direktori Nurbek Aliqulovning so‘zlariga ko‘ra, Termiz tumani O‘zbekistonning eng janubida joylashganligi va o‘ziga xos ob-havosi sabab boshqa hududlarga qaraganda meva-sabzavotlar erta pishib yetiladi.Farg‘onadan Sverdlovskka meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladiShuningdek, o‘riklar mahalliy aholi iste’moli uchun respublika bo‘ylab ichki bozorlarga chiqarilmoqda.Ma’lumot uchun, o‘tgan yili o‘rik eksporti hajmi keskin pasayib, so‘nggi 5-yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. Yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 8,3 tonna o‘rik eksport qilingan.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24367622_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_891f8693bcba3901015c446d300bcb1e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, surxondaryo, rossiya
iqtisod, surxondaryo, rossiya
Surxondaryodan har kuni Rossiyaga o‘rik eksport qilinmoqda
13:08 05.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Bu yilgi mavsum davomida Termiz tumanida o‘rikning o‘zidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va uni chet davlatlarga eksport qilish kutilmoqda.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida pishib yetilgan o‘rik hosili kunlik terib olinib, har kuni 10 tonnadan ortiq mahsulot Rossiya va qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi
xabar bermoqda. O‘zbekistonning eng janubiy hududi – Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidan yangi hosil o‘rigining birinchi partiyalarini eksport qilish boshlandi. Xususan, “SPN Humo agro” korxonasi hozirga qadar bir necha o‘nlab tonna ertapishar sarxil o‘riklarini tashqi bozorlarga jo‘natgan.
Korxonaga qarashli maydonda Turkiya, Italiya va Gretsiya kabi davlatlardan keltirilgan “Pretsiya”, “Rubista”, “Moyakot” kabi o‘riklarning 18 turdagi ertapishar, hosildor navlari ekilgan.
Hozirda 30 gektar maydonda shaftoli, 58 gektarda o‘rikning hosildor navlarini yetishtirilmoqda. Bu yilgi mavsum davomida o‘rikning o‘zidan 270-300 tonna atrofida hosil olish va chet davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.
Korxona direktori Nurbek Aliqulovning so‘zlariga ko‘ra, Termiz tumani O‘zbekistonning eng janubida joylashganligi va o‘ziga xos ob-havosi sabab boshqa hududlarga qaraganda meva-sabzavotlar erta pishib yetiladi.
Shuningdek, o‘riklar mahalliy aholi iste’moli uchun respublika bo‘ylab ichki bozorlarga chiqarilmoqda.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili o‘rik eksporti hajmi keskin pasayib, so‘nggi 5-yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. Yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 8,3 tonna o‘rik eksport qilingan.