"NATOning vovvullashi" Ukraina voqealariga olib keldi - Rim papasi

© Sputnik / Aleks Pansikov / Mediabankka o‘tishPapa rimskiy Fransisk
Papa rimskiy Fransisk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Rim papasi Fransisk aytishiga ko‘ra, NATOning Rossiya chegaralari yaqinida "vovvulashi" Kremlni Ukrainada maxsus operatsiya boshlashiga olib kelgan.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. NATOning Rossiya chegaralari yaqinidagi harakatlari Ukrainada maxsus operatsiya boshlanishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin, dedi Rim papasi Fransisk Italiyaning Corriere della Sera nashriga.

"Ehtimol, NATOning Rossiya chegaralari yaqinida vovvullashi Kremlning ana shunday reaksiyasiga olib kelgan. Uning jahlini aynan nima chiqarganini aytish qiyin, lekin bu ham sabablardan biri bo‘lgan bo‘lishi kerak", - dedi Fransisk.

Pontifik Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘g‘rimi-yo‘qmi degan savolga javob berishga qiynaldi, lekin qurollanish poygasiga qarshi ekanini bildirdi.
"Urushlar biz ishlab chiqargan qurollarimizni sinovdan o‘tkazish uchun uyushtiriladi. Ispaniyadagi fuqaro urushi vaqtida ham shunday bo‘lgan, Suriya, Yaman, Iroq va Afrikada ham birin-ketin urushlar bo‘lmoqda. Ularning barchasining ortida xalqaro manfaatlar turibdi", - dedi Fransisk.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi 25-martda yakunlandi - Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada pasaytirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0