Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina uchun qurol-yarog‘ ortilgan NATO transporti yo‘q qilinadi – Shoygu

© Sputnik / Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSoveshanie S. Shoygu s rukovodstvom Minoboroni RF
Soveshanie S. Shoygu s rukovodstvom Minoboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiaylari Donbass aholisi xavfsizligi ta’minlashmoqda.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ukrainaga kelgan NATOning Ukraina Qurolli kuchlari uchun qurol-yarog‘ ortilgan transportlari yo‘q qilinadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlari Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etmoqda”, - dedi Shoygu. U Ukrainaga kelgan NATOning har qanday qurol-yarog‘ va askariy anjom ortilgan transporti yakson qilinadigan nishon bo‘lishini qayd etdi.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiaylari Donbass aholisi xavfsizligi ta’minlashmoqda, jasorat va qahramonlik ko‘rsatib, o‘zlarning harbiy burchlarini sharaf bilan bajarishmoqda.
“Rossiya Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondon tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni bajarishda davom etishmoqda”, - dedi u.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlagan edi. Vladimir Putin ushbu operatsiya maqsadi "DXR va LXR fuqarolarini Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida amalga oshirilayotgan tahqirlanish va genotsiddan qutqarish va himoya qilish" deb atagan. Operatsiya maqsadi - “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya” qilish.

Rossiya Mudofaa vazirligi zarbalar faqat Ukraina harbiy infratuzilma va qo‘shinlarga zarba bermoqda. Tinch aholi turar joylariga zarba berilgani yo‘q. Operatsiyaning birinchi bosqichi mart oxirida yakunlandi. Rossiya armiyasi Ukraina jangovar salohiyati sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0