Jismoniy shaxslarning mayning bilan shug‘ullanishi taqiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy KozirevOdna iz mayningovix ferm v Irkutskoy oblasti
Odna iz mayningovix ferm v Irkutskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2022
Obuna bo‘lish
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning fermasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazadi.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda quyosh fotoelektr stansiyasi ishlab chiqaradigan elektr energiyasidan foydalangan holda kriptovalyutani faqat yuridik shaxs mayning qilishi mumkin. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda ko‘zda tutilgan.
Yagona elektr energetika tizimiga ulangan holda elektr energiyasidan foydalanilganda:
iste’mol qilingan energiya uchun to‘lov belgilangan tarifga ikki baravar koeffitsiyent yordamida amalga oshiriladi;
elektr energiyasi eng yuqori davrda iste’mol qilinganda tegishli tariflarga qo‘shimcha to‘lovlar qo‘llaniladi;
foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish alohida o‘lchash moslamasini o‘rnatish bilan amalga oshiriladi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mayning fermasini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni, (maynerlar) ro‘yxatga olish faqat elektron shaklda, internet orqali amalga oshiriladi. Maynerlar o‘z faoliyatini faqat ro‘yxatga olish paytida ko‘rsatilgan manzilda, yong‘in xavfsizligi va sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Mayning nima?

Mayning bu hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali ma’lumotlarning taqsimlangan reyestrini yuritish, bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyatidir.

Avvalroq kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etilishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0