Urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha imtiyozlar belgilandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s Dnem pamati i pochestey i 76-y godovshinoy Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne
Shavkat Mirziyoyev pozdravil veteranov s Dnem pamati i pochestey i 76-y godovshinoy Pobedi vo Vtoroy mirovoy voyne - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2022
Obuna bo‘lish
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 15 mln so‘mdan pul beriladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. 9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi. Bu haqda 29-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga yolg‘iz yashayotgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlarni yetkazish, urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali ravishda topshirish, 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovg‘a-salomlar yetkazish topshirildi.
Shuningdek, 1-iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming so‘m miqdorida ustama tayinlanadi.
Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so‘mdan kompensatsiya to‘lash tartibini joriy etiladi.
Bunga qo‘shimcha ravishda, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mahalliy budjetlar, "daftarlar" jamg‘armalari va "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bu savobli ishlarning qamrovini kengaytirish topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0