https://oz.sputniknews.uz/20220428/ozbekiston-shamol-elektr-stantsiyalarini-qurishda-xmkdan-maslahat-oladi--24255881.html
O‘zbekiston shamol elektr stansiyalarini qurishda XMKdan maslahat oladi
O‘zbekiston shamol elektr stansiyalarini qurishda XMKdan maslahat oladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2026-yilgacha 5 gigavatt quvvatga ega quyosh va 3 gigavatt quvvatga ega shamol elektr energiyasini ishlab chiqaradi. 28.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-28T10:40+0500
2022-04-28T10:40+0500
2022-04-28T10:40+0500
iqtisod
shamol elektr stansiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16074500_0:31:3243:1855_1920x0_80_0_0_071e63345e1910fe32b5f5db190131ad.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) O‘zbekistonda 500 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishida maslahat xizmatini ko‘rsatadi. Tegishli kelishuv Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va XMK o‘rtasida imzolandi.Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur kelishuv mamlakatning yashil energiyaga o‘tishi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirishga yordam beradi.Bu kelishuvga asosan XMK O‘zbekiston bo‘ylab quriladigan shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun xususiy sektor tajribasi va kapitalini safarbar qilish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasini shakllantirishda maslahat xizmatini ko‘rsatadi.Loyihada mamlakatning 2026-yilga qadar elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan manbalar ulushini 25 foizgacha oshirish nazarda tutilgan.Ma’lumot uchun, shamol elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan arzon manbalardan biri bo‘lib, hozirda dunyo bo‘ylab 743 gigavattdan ortiq quvvatga ega stansiyalar mavjud.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/19/16074500_99:0:2830:2048_1920x0_80_0_0_1728cc4f4b4d9caeda1af160e0f5d202.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shamol elektr stansiyasi
iqtisod, shamol elektr stansiyasi
O‘zbekiston shamol elektr stansiyalarini qurishda XMKdan maslahat oladi
O‘zbekiston 2026-yilgacha 5 gigavatt quvvatga ega quyosh va 3 gigavatt quvvatga ega shamol elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) O‘zbekistonda 500 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyalari qurilishida maslahat xizmatini ko‘rsatadi. Tegishli kelishuv Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va XMK o‘rtasida imzolandi.
Vazirlik
xabariga ko‘ra, mazkur kelishuv mamlakatning yashil energiyaga o‘tishi va elektr energiyasiga bo‘lgan talabni qondirishga yordam beradi.
Bu kelishuvga asosan XMK O‘zbekiston bo‘ylab quriladigan shamol elektr stansiyalarini qurish va ulardan foydalanish uchun xususiy sektor tajribasi va kapitalini safarbar qilish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihasini shakllantirishda maslahat xizmatini ko‘rsatadi.
Loyihada mamlakatning 2026-yilga qadar elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan manbalar ulushini 25 foizgacha oshirish nazarda tutilgan.
“O‘zbekiston 2026-yilgacha 5 gigavatt quvvatga ega quyosh va 3 gigavatt quvvatga ega shamol elektr energiyasini ishlab chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan”, - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, shamol elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanadigan arzon manbalardan biri bo‘lib, hozirda dunyo bo‘ylab 743 gigavattdan ortiq quvvatga ega stansiyalar mavjud.