Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimi joriy etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishKriptovalyuta bitkoyn
Kriptovalyuta bitkoyn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Ular barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etildi. Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi.
Quyidagilar agentlikning ustuvor vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash;
kripto-aktivlar aylanmasi sohasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
davlat boshqaruvi va turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasini va boshqa eng yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni tashabbus qilish va ilgari surishga ko‘maklashish.
Farmon bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasiga texnologiyalarni joriy qilayotgan yuridik shaxslar uchun maxsus tashkiliy-huquqiy sharoit yaratishni nazarda tutuvchi Kripto–aktivlar aylanmasi sohasida tartibga solish maxsus rejimini (“Tartibga solish qumdoni” maxsus rejimi) belgilaydi.
Maxsus rejim ishtirokchilari barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi. Shuningdek, ularo‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashmaydi.
Kripto-aktivlar sohasidagi kompaniyalar xodimlari qabul qilingan 12,5 foiz o‘rniga 7,5 foiz miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘iga tortiladi. soliq solish maqsadida belgilanadigan jismoniy shaxslarning umumiy yillik daromadlari hajmiga kiritilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0