Patrushev dunyoda yuqumli kasallik avj olishini AQSh biolaboratoriyalari bilan bog‘ladi

© Sputnik / Ministerstvo oboroni RFRabota polevoy biolaboratorii
Rabota polevoy biolaboratorii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.04.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Ukraina hududidagi bu noqonuniy faoliyatning tekshiruvlari AQSh tadqiqotlarining asl basharasini ko‘rsatishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Dunyoning ayrim mamlakatlarida kuzatilayotgan yuqumli kasalliklar avj olishi AQSh biolaboratoriyalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSR parchalangandan keyin amerikaliklar sobiq ittifoq respublikalari hududida biolaboratoriyalari tarmoqlarini ochishgan. Patrushev Ukraina, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonni misol tariqasida keltirdi.
Patrushev u yerda AQSh va uning yugurdaklari “ilmiy tadqiqotlarlarni niqob qilib olib, harbiy-biologik faoliyatni olib borishgan” bo‘lishlari mumkinligini istisno qilmadi.
“Qator mamlakatlarda kuzatilayotgan yuqumli kasalliklar avj olishi o‘sha biolaboratoriyalar faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin”, - dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi.
U Ukraina hududidagi bu noqonuniy faoliyatning tekshiruvlari AQSh va uning ittifoqchilarining shunga o‘xshash tadqiqotlarining asl basharasini ko‘rsatishini qo‘shimcha qildi.
Pentagon Ukrainadagi harbiy biologik dasturi uchun 200 mln dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Xususan, vabo va kuydirgi patogenlari bilan shug‘ullanadigan biologik laboratoriyalar ishiga yuz million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan. Ular butun mamlakat hududida 30 ta biologik laboratoriyalar qurgan.
Rossiya maxsus operatsiyasi boshlangandan so‘ng, biologik qurollar dasturi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar, xavfli virus patogenlari yo‘q qilindi yoki Ukrainadan olib ketildi. Shunday bo‘lsada Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu laboratoriyalar borasida ko‘plab ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid:

Ukrainadagi biologik laboratoriyalarning g‘arbiy kuratorlari ma’lum bo‘ldi
Putin AQShni Ukrainadagi bioishlanmalar izini yo‘q qilishga urinishda aybladi
Nuland Ukrainada biologik tadqiqotlar obyektlari borligini tan oldi
Xitoy AQShdan Ukrainadagi biolaboratoriyalar haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashni talab qildi
Yangiliklar lentasi
0