https://oz.sputniknews.uz/20220427/xitoyda-h3n8-parranda-grippi-odamga-yuqishining-birinchi-holati-qayd-etildi-24238751.html
Xitoyda H3N8 parranda grippi odamga yuqishining birinchi holati qayd etildi
Xitoyda H3N8 parranda grippi odamga yuqishining birinchi holati qayd etildi
Sputnik O‘zbekiston
Infeksiya markaziy Xenan provinsiyasida yashovchi to‘rt yoshli bolada aniqlangan. 27.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-27T13:34+0500
2022-04-27T13:34+0500
2022-04-27T13:34+0500
dunyoda
xitoy
parranda
gripp
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23769524_0:244:3071:1971_1920x0_80_0_0_321aa6b76ef2207e7fb6c97e6a411c11.jpg
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasida odamlarda H3N8 parranda grippi bilan kasallangan birinchi holat qayd etildi. Bu haqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga tayanib, ma’lum qildi. Infeksiya 5-aprel kuni parranda bilan aloqa qilish natijasida sodir bo‘lgan. Bolaning ahvoli yomonlashgani sababli 10-aprel kuni shifoxonaga yotqizilgan. 24-aprel kuni qilingan tekshiruvdan so‘ng bolada H3N8 infeksiyasi borligi aniqlangan. Ta’kidlanishicha, bolaning barcha qarindoshlari sog‘lom.Mutaxassislarning fikricha, H3N8 grippi shtammi qushlar, itlar va otlarda uchraydi. Hozircha virusning ushbu shtammining odamlarga yuqishi holatlari rasman qayd etilmagan. H3N8 infeksiyasi 1889-1890 yillardagi gripp pandemiyasining sababi bo‘lishi mumkin, bu 1 millionga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan.XXR Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat qushdan odamga tasodifiy turlararo yuqishini anglatadi va virusning keng miqyosda tarqalish xavfi past.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/04/23769524_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_c4c492a18b975af23c985f7dd2c8e99a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, parranda, gripp, xavfsizlik
dunyoda, xitoy, parranda, gripp, xavfsizlik
Xitoyda H3N8 parranda grippi odamga yuqishining birinchi holati qayd etildi
Infeksiya markaziy Xenan provinsiyasida yashovchi to‘rt yoshli bolada aniqlangan.
TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasida odamlarda H3N8 parranda grippi bilan kasallangan birinchi holat qayd etildi. Bu haqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasiga tayanib,
ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, infeksiya markaziy Xenan provinsiyasidagi Jumadan shahrida yashovchi to‘rt yoshli bolada aniqlangan. Bola yashaydigan uyda tovuqlar boqilgan, bundan tashqari, uning uyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda yovvoyi o‘rdaklar ham yashaydi.
Infeksiya 5-aprel kuni parranda bilan aloqa qilish natijasida sodir bo‘lgan. Bolaning ahvoli yomonlashgani sababli 10-aprel kuni shifoxonaga yotqizilgan. 24-aprel kuni qilingan tekshiruvdan so‘ng bolada H3N8 infeksiyasi borligi aniqlangan. Ta’kidlanishicha, bolaning barcha qarindoshlari sog‘lom.
Mutaxassislarning fikricha, H3N8 grippi shtammi qushlar, itlar va otlarda uchraydi. Hozircha virusning ushbu shtammining odamlarga yuqishi holatlari rasman qayd etilmagan. H3N8 infeksiyasi 1889-1890 yillardagi gripp pandemiyasining sababi bo‘lishi mumkin, bu 1 millionga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan.
XXR Davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat qushdan odamga tasodifiy turlararo yuqishini anglatadi va virusning keng miqyosda tarqalish xavfi past.