https://oz.sputniknews.uz/20220426/ozbekiston-gilamlarni-markirovka-qilishni-boshlaydi-24212797.html
O‘zbekiston gilamlarni markirovka qilishni boshlaydi
O‘zbekiston gilamlarni markirovka qilishni boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston gilam qalbakilashtirishni kamaytirish uchun Rossiya tizimidan foydalanmoqchi. 26.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-26T12:49+0500
2022-04-26T12:49+0500
2023-04-05T18:37+0500
iqtisod
hamkorlik
markirovkalash
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/605/29/6052952_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_aa92a6161519d098658e02b2e715ea07.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda gilamlar, shinalar, va avtomobil ehtiyot qismlarini Rossiya markalash tizimi yordamida belgi qo‘yish joriy etiladi. Chunki mazkur sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi bosh davlat soliq inspektori Ahmadbek Fayziyevga tayanib, Rossiya OAVlari xabar bermoqda.Xabarda aytilishiga ko‘ra, “CRPT Turon” kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi Andrey Kirillovga ko‘ra, hukumat o‘z oldiga uchta yangi mahsulot – shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarni markirovka qilish tizimini joriy etish vazifasini qo‘ygan.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida mahsulotlarni markalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tasdiqlangan. Loyiha operatori sifatida “CRPT Turon” MChJ tanlangan edi.Uning asoschisi, qaror matnida ko‘rsatilganidek, Rossiyadagi markirovkalash tizimining operatori — Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (CRPT). Asosiy egasi USM Alisher Usmonov (50 foizi), yana 25 foiz ulush Rossiya davlat korporatsiyasi Rostec va Almaz Capital boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galiskiyga tegishli.O‘tgan yili tamaki, pivo va alkogolli mahsulotlarni markirovkalash yo‘lga qo‘yilgan edi. 15-apreldan – maishiy texnika yorliqlanishidan buyon O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib ushbu tovarlar guruhini markalashni yo‘lga qo‘ydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/605/29/6052952_166:0:1066:675_1920x0_80_0_0_d59b87c6de66f045732af76c16e715e0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, hamkorlik, markirovkalash, rossiya
iqtisod, hamkorlik, markirovkalash, rossiya
O‘zbekiston gilamlarni markirovka qilishni boshlaydi
12:49 26.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) O‘zbekiston gilam qalbakilashtirishni kamaytirish uchun Rossiya tizimidan foydalanmoqchi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekistonda gilamlar, shinalar, va avtomobil ehtiyot qismlarini Rossiya markalash tizimi yordamida belgi qo‘yish joriy etiladi. Chunki mazkur sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori.
Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi bosh davlat soliq inspektori Ahmadbek Fayziyevga tayanib, Rossiya OAVlari
xabar bermoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, “CRPT Turon” kompaniyasining kuzatuv kengashi raisi Andrey Kirillovga ko‘ra, hukumat o‘z oldiga uchta yangi mahsulot – shinalar, avtomobil ehtiyot qismlari va gilamlarni markirovka qilish tizimini joriy etish vazifasini qo‘ygan.
“Qo‘mita vakilining fikriga ko‘ra, bu sohalarda qalbakilashtirish darajasi yuqori. Ayniqsa, gilam ishlab chiqarish sohasi muhim – bu, mubolag‘asiz, milliy boylik: har bir hududning o‘ziga xos ishlab chiqarish va bo‘yash usullari mavjud. Gilamlar dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi, shuning uchun bu bozorni tartibga solish masalasi nihoyatda dolzarbdir”, - deya tushuntirdi Kirillov.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida mahsulotlarni markalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tasdiqlangan. Loyiha operatori sifatida “CRPT Turon” MChJ tanlangan edi.
Uning asoschisi, qaror matnida ko‘rsatilganidek, Rossiyadagi markirovkalash tizimining operatori — Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (CRPT). Asosiy egasi USM Alisher Usmonov (50 foizi), yana 25 foiz ulush Rossiya davlat korporatsiyasi Rostec va Almaz Capital boshqaruvchi hamkori Aleksandr Galiskiyga tegishli.
O‘tgan yili tamaki, pivo va alkogolli mahsulotlarni markirovkalash yo‘lga qo‘yilgan edi. 15-apreldan – maishiy texnika yorliqlanishidan buyon O‘zbekiston MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lib ushbu tovarlar guruhini markalashni yo‘lga qo‘ydi.