Nursulton Nazarboyevga yangi maqom beriladi

Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2022
Obuna bo‘lish
Nazarboyevning mustaqil Qozog‘iston asoschisi sifatidagi maqomi mamlakat Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilishi mumkin.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yangi - mustaqil Qozog‘iston asoschisi maqomi beriladi va bu Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi. Bu haqda Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha ishchi guruh a’zosi Yermek Abdrasulov ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Kazaxstan.

“Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – mustaqil Qozog‘istonning asoschisi, ya’ni, unga ushbu maqom belgilanadi. Bu katta ahamiyatga ega, chunki uning xizmatlari va barcha ko‘rib turgan obyektiv fakt - Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yiladi”, - dedi Abdrasulov matbuot anjumanida.

Unga ko‘ra, bunday qaror mamlakatning amaldagi prezidenti Qasim-Jomart Toqayev topshirig‘i bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bilan shug‘ullanuvchi ishchi guruh tomonidan qabul qilingan.
“Ishchi guruh bu maqomni qonunlarda emas, balki Konstitutsiyaning o‘zida belgilab qo‘yish kerak degan xulosaga keldi”, - dedi Abdrasulov.
Ma’lumki, ayni paytda Qozog‘istonda “Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi to‘g‘risida”gi qonun amal qilmoqda. Ushbu qonunga ko‘ra, Elboshi mustaqil davlat sifatida Qozog‘istonning birligini, Konstitutsiyasini, inson va fuqaroning huquq hamdaerkinliklarini himoya qilgan. Yuqoridagi o‘zgartirishlar qabul qilingan taqdirda, birinchi prezident to‘g‘risidagi qonun nazariy jihatdan bekor qilinishi mumkin, lekin Konstitutsiyada Elboshiga bag‘ishlangan alohida maqola paydo bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Abishevich Nazarboyev Qozog‘istonni qariyb 30-yil boshqargan. 1991-yilda Qozog‘iston Nazarboyev yetakchiligida o‘z mustaqilligini e’lon qilgan edi. Nazarboyev 2019-yil 20-mart kuni davlat rahbari lavozimini tark etdi, lekin Xavfsizlik kengashi rahbari, hokimiyatdagi Nur Otan partiyasi rahbari va Qozog‘iston Xalq Assambleyasi (ANK) rahbari lavozimlarini saqlab qoldi.
2021 yilda Nazarboyev ANK raisi lavozimini tark etib, vakolatlarini Qozog‘istonning amaldagi rahbariga o‘tkazishini ma’lum qilgan edi. Nazarboyev 2022-yilning 5-yanvarida Xavfsizlik kengashi raisi vakolatlarini Toqayevga topshirdi.
Yangiliklar lentasi
0