Navoiy va Nijegorod viloyatlari o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashdi

© SputnikDelegatsiya Nijegorodskoy oblasti na Mejdunarodnoy vistavke "Innoprom-2022"
Delegatsiya Nijegorodskoy oblasti na Mejdunarodnoy vistavke Innoprom-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Anglashuv memorandumi ikki hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida Navoiy va Nijegorod viloyatlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Navoiy viloyati matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ko‘rgazma ishida Navoiy viloyatidan 30 dan ortiq sanoat korxonalari o‘zlarining 100 dan ziyod turdagi mahsulotlari bilan qatnashmoqda.
Navoiy viloyati va Rossiyaning Nijegorod viloyati vakillari uchrashuvida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
“Muzokaralar yakuniga ko‘ra, ikkala hudud o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi”, - deyilgan xabarda.
Hujjatni Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Nijegorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin imzolagan.
Farg‘onadan Sverdlovskka meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladi
Toshkentda 25-27 aprel kunlari “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. U Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning Investitsiyalar va savdo vazirliklari tomonidan tashkil qilingan.
Ko‘rgazma va ishbilarmonlik dasturida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Fransiya, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari va biznes delegatsiyalari ishtirok etadi.
“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi va ikki tomonlama savdoni mustahkamlash va kengaytirish, Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga eksport qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Yangiliklar lentasi
0