Golovchenko: Belarus va O‘zbekiston tovar ayirboshlash hajmini 500 mln dollarga yetkazish kerak

© Sputnik / Viktor TolochkoPremyer-ministr Belarusi Roman Golovchenko
Premyer-ministr Belarusi Roman Golovchenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.04.2022
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov O‘zbekiston Belarus bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini kamida 500 million dollarga yetkazish kerak. Bu haqda Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Golovchenkoning so‘zlariga ko‘ra, 2017-yildan buyon ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi besh baravarga o‘sgan. Buni yanada ko‘paytirish uchun salohiyatlar ko‘p.
U Belarus O‘zbekiston mahsulotlari yetkazib berilishini oshirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Gap birinchi galda yigirilgan ip, metall, meva va sabzavot mahsulotlari haqida bormoqda. Qayd etilishicha, Belarusda bu mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqori.

“Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish uchun qaysi shakllardan foydalanish borasida qabul qilish zarur. Bu ham savdo uylari, ham transport-logistika markazlari bo‘lishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi Belarus bosh vaziri. Uning so‘zlaridan BelTA iqtibos keltirgan.

Abdulla Aripov o‘z navbatida O‘zbekiston Belarus bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlashdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi.
“Belarus an’anaviy ravishda O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkoridir. Iqtisodiyotlarimiz bir-birini o‘zaro to‘ldirib turadi”, - dedi Aripov.
O‘zbekiston bosh vaziri ham tovar ayirboshlashni 500 million dollargacha oshirish uchun sa’y-harakatlarni faollashtirish zarur deb hisoblaydi.
2021 yilda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 30,9 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston Belarusga asosan paxtadan yigirilgan ip, yangi uzilgan meva, quruq meva kabi mahsulotlarini yetkazib bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus hukumati delagatsiyasi bosh vazir Roman Golovchenko boshchiligida 24-25 aprel kunlari Toshkentda bo‘lishi xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0