https://oz.sputniknews.uz/20220425/elektomobillar-importi-54-baravarga-oshdi-24180183.html
Elektomobillar importi 5,4 baravarga oshdi
Elektomobillar importi 5,4 baravarga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 13,5 mln dollarga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil olib kelingan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
2022-04-25T10:05+0500
2022-04-25T10:05+0500
2022-04-25T10:05+0500
iqtisod
elektromobil
import
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/03/15926381_0:0:3427:1927_1920x0_80_0_0_f05332e04881be6be5d72d99fb3fe19a.jpg
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 13,5 mln dollarga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil olib kelingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.Uch oy ichda import qilingan elektromobillarning deyarli barchasi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi – 426 ta. Germaniyadan 13 ta, Gonkongdan 7 ta, BAAdan 3 ta, Estoniyadan 2 ta va AQSh va Kanadadan 1 tadan olib kelingan.2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan jami 809 ta elektromobil import qilingan edi. Ular ham asosan Xitoydan keltirilgan – 724 ta.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektromobillar importiga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish maqsadida imtiyozlar berilgan. Xususan, elektromobillarni olib kirishda aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari olinmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/03/15926381_155:0:2884:2047_1920x0_80_0_0_040cf701247dcae1e47398e376a355d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
elektomobil import o‘zbekiston imtiyoz rastomojka
elektomobil import o‘zbekiston imtiyoz rastomojka
Elektomobillar importi 5,4 baravarga oshdi
Yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 13,5 mln dollarga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil xarid qilingan.
TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 13,5 mln dollarga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil olib kelingan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari
darak bermoqda. Elektromobil importi 2021-yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 baravarga oshgan.
Uch oy ichda import qilingan elektromobillarning deyarli barchasi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi – 426 ta. Germaniyadan 13 ta, Gonkongdan 7 ta, BAAdan 3 ta, Estoniyadan 2 ta va AQSh va Kanadadan 1 tadan olib kelingan.
2021 yilda O‘zbekistonga qiymati 16,9 mln dollarga teng bo‘lgan jami 809 ta elektromobil
import qilingan edi. Ular ham asosan Xitoydan keltirilgan – 724 ta.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektromobillar importiga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish maqsadida imtiyozlar berilgan. Xususan, elektromobillarni olib kirishda aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari olinmaydi.