Test sinovlari uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentning tegishli farmoni bilan yana ikki toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovi uchun to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi. Bu haqda Davlat test markazi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan abituriyentlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday to‘lov undirilmaydi.
Prezidentning 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son farmoni bilan quyidagi 2 toifadagi abituriyentlar ham test sinovi uchun to‘lovdan ozod etilgan:
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
"yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar.
2022 yil 1-iyundan boshlab mazkur 2 toifadagi abituriyentlardan ham test sinovi uchun to‘lov undirilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0