Mikromoliya tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin

© Foto : pexels.com/Mikhail NilovJenskie ruki i kalkulyator
Jenskie ruki i kalkulyator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2022
Obuna bo‘lish
Mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.
TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekistonda endi nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Bu prezident imzolagan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.
Qonunga ko‘ra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln so‘mgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1 yilgacha) mikroqarzlar (50 mln so‘mgacha) beradi.
Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sug‘urta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiradi.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar

Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar – islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0