O‘zbekiston hududi raketalar bilan o‘qqa tutilgani haqidagi xabar rad etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKPP u granisi Uzbekistana i Afganistana
KPP u granisi Uzbekistana i Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2022
Obuna bo‘lish
Asadov: O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Termiz shahrida O‘zbekiston harbiy obyektlari Afg‘oniston hududidan raketalar bilan o‘qqa tutilgani to‘g‘risida xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Avvalroq ayrim Telegram-kanallarda shunga o‘xshash xabarlar tarqalgan edi.
“O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va Chegara qo‘shinlari bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida hech qanday harbiy faollik kuzatilmayapti, vaziyat barqaror”, - deya yozdi Asadov o‘zining Telegram-kanalida.
Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, mamlakat harbiylari O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasini to‘liq nazorat qilib, barqaror vaziyat ta’minlanyotganini bildirdi.
Fuqarolardan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmaslik va rasmiy manbalarga tayanishlari so‘ralgan.
Yangiliklar lentasi
0