O‘zbekistonlik dirijor boshchigidagi orkestr Parijda rus musiqasini ijro etdi

© AFP 2023 / FREDERICK FLORINStrasburgskiy filarmonicheskiy orkestr pod upravleniyem dirijera iz Uzbekistana Aziza Shoxakimova. Arxivnoe foto.
Strasburgskiy filarmonicheskiy orkestr pod upravleniyem dirijera iz Uzbekistana Aziza Shoxakimova. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Orkestr P.Chaykovskiyning 4-simfoniyasi, N.Rimskiy–Korsakovning "Ispancha kaprichchio"sini ijro etdi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Parijdagi Fransiya radiosining Festivallar zalida (La Maison de la Radio) o‘zbekistonlik, Strasburg filarmoniya orkestri rahbari Aziz Shohakimovning Fransiya Milliy orkestri ishtirokidagi konserti namoyish etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
“Orkestr P.Chaykovskiyning 4-simfoniyasi, N.Rimskiy–Korsakovning "Ispancha kaprichchio"si va fransuz kompozitori M.Ravelning fortepiano uchun konsertini ijro etdi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, konsert dasturini mingdan ziyod musiqa ixlosmandi tinglagan, shuningdek, u "France Musique" kanali orqali jonli tarzda efirga uzatilgan.
Aziz Shohakimov V.Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini tamomlagan. 13 yoshida u ilk bor O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri bilan Betxovenning beshinchi simfoniyasi va F.Listning fortepiano uchun birinchi konsertiga, 14 yoshida esa O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida "Karmen" operasiga dirijorlik qilgan.
2001 yilda O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining dirijor yordamchisi etib tayinlangan, 2006-yilda esa ushbu jamoaga rahbarlik qila boshlagan. Shuningdek, u Tekfen (Turkiya) filarmoniya orkestri musiqiy rahbari va Juzeppe Verdi nomidagi Milan (Italiya) simfonik orkestrining asosiy taklif etilgan dirijori hisoblanadi. 2021-yildan boshlab Strasburg filarmoniya orkestrining musiqiy direktori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0