Haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘qish bir oyda 13,3 foizga qimmatlashdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTeoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilning mart oyida haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari fevral oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 13,3 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar narxlari yil boshidan buyon esa o‘rtacha 13,9 foizga qimmatlashgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan, ya’ni bir yilda o‘rtacha 15,2 foizga qimmatlashgani kuzatilgan.
Avvalroq haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent shahridagi yagona markaz 1-apreldan nazariy va amaliy test sinovlaridan o‘tish narxini 50 foizga oshirishi xabar qilingan edi.
Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati yana uzaytirildi
Yangiliklar lentasi
0