“Butun insoniyatga yetadi”. AQSh Afg‘oniston urushiga qancha xarajat qilgan?

Amerikanskiy soldat s flagom SShA  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2022
Obuna bo‘lish
Afg‘on urushining har bir 1 kuni AQShga bir milliard dollarga tushshgan, u yerda bo‘lgan 70 mingga askarninng har birining maoishga - o‘rtacha bir million dollar sarflangan.
TOShKENT, 18 apr- Sputnik. Afg‘on kampaniyasi amerikaliklarga tinchlik bermayapti: mamlakatda 20-yillik urushning qiymati haqida bahslashishapti. Mustaqil tadqiqotchilar Pentagon e’lon qilgan summalardan anchayin qimmatroq narxni aytishmoqda. Zamonaviy dunyoda urush qilish necha pul turadi?
“Kuniga bir milliarddan”
2009 yilda prezident Barak Obama Afg‘onistonda kontingentni ko‘paytirishni o‘ylab qoldi. Bu borada unga rozilik berishmadi chunki urush - juda qimmat turadi.
Pentagonda ham, senatorlar ham-hisoblashishga tushib ketishdi. Kutilganidek, natijalar ham turlicha bo‘ldi: harbiy organga ko‘ra, yetti yilga 156 milliard xarajat qilinsa, parlamentariy hisobiga ko‘ra- 227 milliard.
Ishga ekspertlarni jalb qilishdi. Tahlilchilar yangi uslubni tavsiya qildi: bir askarning olti oy davomida qancha turishini baholashdi. Ish haqi, oziq-ovqat, asbob-uskunalar, logistik, shuningdek, okean orti havo tashishni ham hisoblashishdi. Tibbiy yordam, vafot etgan yoki jarohatlangan taqdirda sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, ishdan bo‘shatilgandan keyin pensiyani esa hisobga olishmadi.
Natija: bir odamga million dollardan to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda Afg‘onistonda taxminan 70 mingga yaqin harbiy bor edi.
Biroq, jamoa bilan muzokalar Oq uyning urushga yana 35 ming jangchini jo‘natishiga xalaqit bermadi (rotatsiya doirasida har chorakda 5 ming).
2010 yillarda esa afg‘on yo‘llarida kampaniya tarixida ilk bor “Abramslar” paydo bo‘ldi, bu esa skeptiklarni yanada jig‘ibiyron qildi. Gap shundaki, bu tanklar nafaqat eng qimmatbaho texnika (bir donasi 8,6 million dollarga baholandi), balki eng “yebto‘ymas”idan ham bo‘lgan: 100 km uchun tankka 1650 litr yonilg‘i kerak. Aytaylik, “Cho‘ldagi bo‘ron” vaqti esa harbiy texnika har besh soatda yonilg‘i bilan ta’minlash lozim bo‘lgan.
“Bilamizki, har qanday harbiy kampaniyada katta xarajatlar yonilg‘i uchun ketadi. O‘rta miqyosdagi to‘qnashuvlarda bu kuniga taxminan bir dollarga teng bo‘ladi”, - deydi harbiy tahlilchi Tim Xibbets.
Xarajatlar bo‘yicha yetakchilar
Yiliga budjet xarajatlari faqat o‘sdi. Kampaniya tinmay davom etdi, g‘alabadan darak yo‘q, amerikaliklar esa yanada zamonaviyroq qurollardan foydalana boshladi. Masalan, 2017-yilda Qobul osmonida F-22 Raptor qiruvchilari parvoz qildi. Bir dona narxi- 339 million dollar. Parvoz soati- 69 ming.
B-2 Spirit strategik “ko‘rinmas”lari kompaniyaning 20-yil davomida asosiy zarba beruvchi kuchi bo‘ldi. Ularning havoda bir soat parvoz narxi- 170 ming dollargacha. Bombardimonchining o‘zi ikki milliardga yaqin summada baholanadi.
Amerikalik jurnalistlarning fikriga ko‘ra, narxlarning hammasi juda baland. Amerika mudofaasining ishtaxasi katta.

“Harbiy-sanoat kompleksiga qancha ko‘p xarajat ketsa, mudofaa qobiliyati shuncha past bo‘ladi. Chunki har bir xarid keyingisini qimmatroq qiladi. Bitta F-35 hozir yuz millon turadi. (2020 yilda- 78 millon bo‘lgan- Tahr)”, “Ford” atom aviatashuvchisi- 15 millard, buning ustiga palubniklarsiz”, - deydi Atlantika kengashining katta konsultanti Xarlan Ulman.

“Spirit”larning ham narxi 15-yil davomida ikki barobarga oshdi. Mudofaaviy budjetning kattalashayotgani ham ajablanarli emas: 2018-yilda 700 millard dollar bo‘lgan, hozir – 740.
Ukrainadagi to‘qnashuv sabab Pentagon yanada ko‘proq pul so‘ragan: 773 millard. Agar kongress ma’qullasa, bu rekord summa bo‘ladi.
AQSh ko‘p yillardan buyon harbiy xarajatlarda yetakchi. Ikkinchi o‘rinda turgan Xitoyning xarajatlari 2020-yilda 252 millard (ma’lumotlarni Stokgolm dunyo muammolarini tadqiq qilish xalqaro instituti – SIPRI taqdim qilgan). Hindistonniki- 72,9, Rossiya- 61,7, Buyuk Britaniya- 59,2.
“Faqat Ikkinchi jahon urushi qimmatroq edi”
SIPRI hisob-kitoblarini ko‘pchilik ekspertlar “xavfsizlik uchun umumiy xarajatlar” asos qilib olinganini tanqid qiladi. Bu armiya xarajatlarini ham, misol uchun maxsus xizmatlar xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. AQShga kelsak, umumiy hisobdan Afg‘onistonga kerak bo‘lgan summani ajratib olish qiyin.
Pentagon vakillari 2019-yilda 778 milliard dollar haqida gapirishdi. Biroq, bunda, masalan, amerikaliklar faol foydalangan Pokistondagi havo bazalarini saqlash xarajatlari hisobga olinmagan. U yerda ham logistika xarajatlari yo‘q edi - askarlarni “Gerkules”ga o‘tkazish (dunyodagi eng qimmat transport vositalari) yoki yoqilg‘i yetkazib berish. Inflyatsiya uchun ham tuzatishlar xarajatlari ko‘rsatilmagan.
Dunyo bo‘ylab harbiy mojarolarni o‘rganuvchi Uotson instituti ham xuddi shunday ma’lumotni taqdim etgan. Aslida, gap trillionlar haqida ketmoqda.
“Agar 11-sentabr xurujlaridan keyin AQShning barcha kampaniyalarini oladigan bo‘lsak, bular Afg‘oniston, Iroq va Suriya bo‘lsa, unda bu mablag‘ sakkiz trillionga yetadi. Faqat Ikkinchi jahon urushi qimmatroq edi", - deydi ekspertlar.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy harakatlarga deyarli 2,3 trillion sarflangan. Yana uchtasi “Amerika ichidagi xavfsizlikni yaxshilash” va inflyatsiya bilan bog‘liq “bilvosita xarajatlar”ga ketgan. Yarim trillion - faxriylarni davolash va psixologik reabilitatsiya qilish uchun sarflangan. Deyarli 2,5 - jangchilarga to‘lovlar uchun ketgan.
Ushbu statistika jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Rasmiylardan harbiy kampaniyalar, shuningdek, terrorizmga qarshi kurash haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumot e’lon qilish talab qilindi. Xususan, va’dalarga qaramay, Oq uy terrorchilar uchun qamoqxonalar tarmog‘ini yopmagan. Xuddi shu mashhur Guantanamo, Amerika OAVlariga ko‘ra, to‘liq ishlamoqda va hanuzgacha begona ko‘zlardan yashiringan.
“Yoki pul, yoki qurbonlar”
Hammasi bo‘lib afg‘on urushi har bir amerikalikka 25 ming dollardan tushgan. Tashlab ketilgan texnika va qurol-yarog‘lar tufayli yo‘qotishlarni hisobga olmagan holda, Pentagon zudlik bilan evakuatsiya qilishga shoshilib, Tolibonga ko‘plab zamonaviy harbiy texnika qoldirdi.
Shu bilan birga, iqtisodchilar jang qilish qimmatroq yoki yo‘qligi borasida bahslashadilar. Bir tomondan, AQSh yalpi ichki mahsulotga nisbatan mudofaa uchun kamroq mablag‘ ajratadi: 1960-yillardan buyon bu ko‘rsatkich 6,5 foizdan uch foizgacha kamaydi. Boshqa tomondan, qurollarning narxi har yili oshib bormoqda. 2019-yilda Iqtisodiyot va tinchlik instituti (IEP) ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar uchun global xarajatlar 14 trillion dollarga yetdi.
“Agar bu pullar Yer aholisiga taqsimlansa, har biri kishi uchun besh dollardan bo‘ladi. Insoniyatning to‘qqiz foizi esa kuniga 1,9 dollarga kun ko‘radi”, - deydi tadqiqotchilar.
Bundan tashqari, harbiy yurishlarning samarasi tobora xayoliy bo‘lib bormoqda. Iroq va Afg‘onistondagi voqealar buni yaqqol ko‘rsatdi: Vashington, aslida, xarajatlarning o‘ndan bir qismini ham qoplay olmadi.
“Muammo shundaki, hamon qanday hisoblashishni bilishmayapti. To‘g‘ri, qurollanish yildan yilga budjet uchun qimmatlashib bormoqda. Ammo bitta yuqori aniqlikdagi zarba yuzlab odamlarning hayotini saqlab qoladi. Xuddi shu masalan boshqaruv axborot tizimlari yoki robototexnika bilan kurashish uchun ham amal qiladi”, - deydi harbiy siyosatshunos Aleksandr Perendjiyev
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda juda ko‘p armiyalar aynan mana shu yondashuvga pul tikmoqda. Shu sababli ekspertning ta’kidlashicha, “shunchaki harbiy harakatlar olib borishdan” ko‘ra “urushda g‘alaba qozonish qimmatlashgan”.
Yangiliklar lentasi
0