https://oz.sputniknews.uz/20220414/ortiqxojaev-10-kunda-toshkentda-birorta-ham-chuqur-qolmasligi-kerak-23969301.html
Ortiqxo‘jayev: 10 kunda Toshkentda birorta ham chuqur qolmasligi kerak
Ortiqxo‘jayev: 10 kunda Toshkentda birorta ham chuqur qolmasligi kerak
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent hokimi mas’ullarga 10 kun muddatda Toshkentdagi asosiy yo‘llarni ta’mirlash topshirig‘ini berdi. 14.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-14T10:59+0500
2022-04-14T10:59+0500
2022-04-14T10:59+0500
jamiyat
jahongir ortiqxo‘jayev
yo‘llar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22594079_0:92:1280:812_1920x0_80_0_0_8322ce84771f6009eca737ecbe36b09e.jpg
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi asosiy ko‘chalarda yuzaga kelgan barcha chuqurlarni 10 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi.“Oxirgi 50-60 yilda Toshkent shahar bunday yog‘ingarchilikni ko‘rmagan edi. Yog‘ingarchilikdan keyin asfaltlarimiz shaharda o‘zining yaqqol qiyofasini ko‘rsatdi, katta chuqurlar paydo bo‘ldi. Fuqarolarimizning e’tiroziga sabab bo‘lyapti, o‘zingizlar ham ko‘rib turibsizlar”, – dedi Ortiqxo‘jayev yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda.U hokimlik huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovga 10 kun ichidagi Toshkent ko‘chalaridagi barcha chuqurlarni bartaraf etishni topshirdi.Hokim agar muddat 10 kundan o‘tib ketsa kechirilmasligi va sifatsiz yo‘l qabul qilinmasligini urg‘uladi. Prokurorlar hamma ishni nazorat qilib, mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi va yo‘llar sifatini tekshiradi.Ortiqxo‘jayev shahar fuqarolaridan katta ko‘chalarda paydo bo‘lgan chuqurlar haqida “Xalq nazorati” portaliga orqali rasm yuborib, xabar berishni so‘radi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/07/22594079_38:0:1243:904_1920x0_80_0_0_19e881f3ea84257616bde181d45b05ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, jahongir ortiqxo‘jayev , yo‘llar
jamiyat, jahongir ortiqxo‘jayev , yo‘llar
Ortiqxo‘jayev: 10 kunda Toshkentda birorta ham chuqur qolmasligi kerak
Toshkent hokimi mas’ullarga 10 kun muddatda Toshkentdagi asosiy yo‘llarni ta’mirlash topshirig‘ini berdi.
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahardagi asosiy ko‘chalarda yuzaga kelgan barcha chuqurlarni 10 kun ichida bartaraf etish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Oxirgi 50-60 yilda Toshkent shahar bunday yog‘ingarchilikni ko‘rmagan edi. Yog‘ingarchilikdan keyin asfaltlarimiz shaharda o‘zining yaqqol qiyofasini ko‘rsatdi, katta chuqurlar paydo bo‘ldi. Fuqarolarimizning e’tiroziga sabab bo‘lyapti, o‘zingizlar ham ko‘rib turibsizlar”, – dedi Ortiqxo‘jayev yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda.
U hokimlik huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarovga 10 kun ichidagi Toshkent ko‘chalaridagi barcha chuqurlarni bartaraf etishni topshirdi.
“10 kun muhlatda tuman hokimlari, barcha kerakli boshqarmalar bilan birlashib, butun shahradagi mavjud bo‘lgan barcha xususiy va o‘z boshqarmangizga tegishli texnikalarning hammasini jalb qilasiz. 10 kun sizga muhlat. Shaharda mavjud bo‘lgan asosiy katta ko‘chalarni 10 kun ichida to‘liq ta’mirlashingiz kerak”, - deya hokim mutasaddilarga aniq vazifalarni topshirdi.
Hokim agar muddat 10 kundan o‘tib ketsa kechirilmasligi va sifatsiz yo‘l qabul qilinmasligini urg‘uladi. Prokurorlar hamma ishni nazorat qilib, mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi va yo‘llar sifatini tekshiradi.
Ortiqxo‘jayev shahar fuqarolaridan katta ko‘chalarda paydo bo‘lgan chuqurlar haqida
“Xalq nazorati” portaliga orqali rasm yuborib, xabar berishni so‘radi.