Qirg‘iz-tojik chegarasidagi yana otishma: nimalar ro‘y berdi

© Sputnik / Igor Yegorov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy voorujennix sil Kirgizii
Voyennoslujashiy voorujennix sil Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yana otishma sodir bo‘ldi. Tomonlar bir-birini ayblamoqda.
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida ikki mamlakat chegarachilari o‘rtasida otishma ro‘y berdi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 12-aprel kuni Botken oblasti Laylak rayonidagi Selkana maskanida tojikistonlik chegarachilari Qirg‘iziston chegarasini buzib o‘tgan. Ular qirg‘izistonlik chegarachilarining to‘xtash haqidagi talablariga bo‘ysunmasdan, Qirg‘iziston hududining ichkarisiga 20 metrgacha kirgan.
Qirg‘iziston tomoni ogohlantiruvchi o‘q uzishga majbur bo‘lgan. Bunga javoban esa Tojikiston chegarachilari ularga qarata o‘t ochishgan.
Keyinchalik Qirg‘iziston tomoni yana takroriy otishma yuz bergani va u 30 daqiqa davom etganini ma’lum qilgan. Tojikiston tomoni Qirg‘izistonning Dostuk qishlog‘ini minomotlardan o‘qqa tutgan.
Dushanbe hodisa yuzasidan hozircha rasmiy izoh bermagan.
Shu bilan birga, Sputnik Tojikiston nashrining Bobojon G‘afurov tumani ma’muriyatidagi manbasiga yozishicha, otishma soat 12-aprel kuni 18:20 da Qirg‘izistonning Kulundu qishlog‘i ro‘parasida, Tojikistonning Xistevarz mahallasi hududida boshlangan.
"Kulundudagi chegara otradi boshlig‘ining xizmat mashinasida tojik chegarachilariga oldiga kelib, va og‘zaki tortishuv boshlangani mojaroga sabab bo‘ldi. Chegarachilar unga yaqinlashib, muzokara boshlaganlarida qirg‘iz harbiylari o‘t ochishdi", - degan manba.
Bunga javoban tojikistonlik chegarachilar ham o‘t ochishgan va bir qirg‘izistonlik harbiyni yarador qilishgan.
Qirg‘iziston MDXQ chegara xizmatiga ko‘ra, tomonlar tortib kelishgan qo‘shinlarni o‘z joylariga qaytarishga kelishib olishgan. Hozir chegaradagi vaziyat barqaror. Muzokaralar davom ettirilmoqda.
Qirg‘iziston SSV mojaro oqibatida mamlakatning ikki harbiysi jarohatlanganini xabar qildi. Sputnik Tojikiston o‘z manbalariga tayangan holda Tojikiston tomonidan uch kishi yarador bo‘lganini yozmoqda.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining uzunligi 970 kilometrni tashkil qiladi. Shundan 460 kilometr masofa yuzasidan ikki davlat o‘rtasida kelishuv mavjud emas, buning oqibatida chegarada turli nizolar sodir bo‘ladi, ikki mamlakat vakillari ham chegaradagi bir qator hududlar o‘zlariga tegishli ekanini da’vo qilishi oqibatida aholi yoki chegarachilar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga keladi.
Yangiliklar lentasi
0