O‘zbekiston va Qozog‘iston 12-apreldan avtobus qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda: jadval va narxlar

© Press-slujba Goskomturizma UzbekistanaAvtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus
Avtobusi, kuplennie u kitayskoy kompanii Zhengzhou Yutong Bus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2022
Obuna bo‘lish
12 aprel kuni "Toshkent" avtovokzalidan Qozog‘iston shaharlariga bir nechta avtobus jo‘nab ketadi.
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 12-apreldan Toshkent shahridan Qozog‘istonning bir nechta hududlariga xalqaro avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Transport vazirligi 12-aprel kuni "Toshkent" avtovokzalidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan xalqaro avtobus qatnovlari ro‘yxatini taqdim etdi.
Unga ko‘ra:
12:00 | Toshkent – Chimkent, chipta narxi 60 ming so‘m;
16:00 | Toshkent – Olmaota - 200 ming so‘m;
17:00 | Toshkent – Olmaota - 200 ming so‘m;
18:00 | Toshkent – Nur-Sulton - 350 ming so‘m;
18:00 | Toshkent – Olmaota - 200 ming so‘m;
19:00 | Toshkent – Turkiston - 100 ming so‘m;
19:00 | Toshkent – Qizilo‘rda - 200 ming so‘m;
19:30 | Toshkent – Olmaota - 200 ming so‘m.
Bundan tashqari, soat 18:00 da Toshkentdan Tojikistonning Xo‘jand shahriga avtobus jo‘nab ketadi. Chipta narxi 100 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari koronavirus sabab 2020-yil 16-mart kuni to‘xtatilgan edi. Oradan roppa-rosa ikki yil o‘tib Olmaota-Toshkent xalqaro avtobus yo‘nalishida ilk texnik qatnov amalga oshirildi. Biroq 2-aprel kuni ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro avtobus qatnovlari ham noma’lum muddatga kechiktirilgani xabar qilindi. Bunga qo‘shni davlatdagi epidemiologik vaziyat sabab qilib ko‘rsatilgan edi.
Qozog‘iston mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqarorlashgani tufayli 11-apreldan O‘zbekiston bilan chegara punktlarni ochdi.
Yangiliklar lentasi
0