Kosmonavtlar 12-aprelning yana bir muhim mazmunini aytishdi - video

Obuna bo‘lish
Kosmonavtlar kuni 12-aprel bu nafaqat insonning ilk bor fazoga uchishi, balkim boshqariladigan fazoviy parvozlar boshlangan kun ham.
Rossiyalik kosmonavtlar Oleg Artemyev, Denis Matveyev, Sergey Korsakov Kosmonavtlar kuni munosabati bilan xalqaro kosmik stansiya bortidan turib o‘z tabriklarini yo‘llashdi.

“Biz xalqaro kosmik stansiya bortidan turib sizlarni Kosmonavtldar kuni bilan tabriklaymiz. Bundan 61-yil oldin bizning mamlakat insoniyat uchun yangi davr – boshqariladigan fazoviy parvozlar davrini boshlab bergan edi.

Koinotga birinchi bo‘lib vatandoshimiz Yuriy Gagarin uchdi. Uning parvozi, albatta, ko‘plab mutaxassislar mehnatining mahsuli bo‘ldi va vatanimiz ilm-fan yutuqlarini dunyoga mashhur qildi. Yuriy Gagarin qahramonligi tufayli biz koinotda birinchi bo‘ldik va biz uning qahramonligi hech qachon unutmaymiaz.
Biz kosmosni o‘rganish uchun ishlayotgan barcha mutaxassislarga minnatdorlik bildiramiz
Barchangizni Kosmonavtlar kuni bilan” , - deyilgan tabrik so‘zida.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0