https://oz.sputniknews.uz/20220411/rossiya-germaniya-23908548.html
Germaniya Rossiya ustidan g‘alaba deb o‘z iqtisodiyotini xatarga tashlamoqda
Germaniya Rossiya ustidan g‘alaba deb o‘z iqtisodiyotini xatarga tashlamoqda
Sputnik O‘zbekiston
G‘arbning Rossiyaga iqtisodiy urushi yangi davrga chiqmoqda. 11.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-11T21:38+0500
2022-04-11T21:38+0500
2023-04-05T18:37+0500
kolumnistlar
germaniya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0b/23894406_0:171:3035:1878_1920x0_80_0_0_cd304e4098c3858258a2c08130f3bdba.jpg
Dushman endi o‘zini hamkor niqobida ko‘rsatmayapti. Sanksiyalar haqida ularni stingerlar va panserfaustlar kabi qurol ekanligini oshkora aytishmoqda. Hisoblarimizdagi pullarimiz, Yevropadagi uylarimiz va ko‘rgazmalardagi suratlarmizning ochiq-oshkora talon-taroj qilishmoqda. Yangi hujumga o‘tish uchun Ukrainaning navbatdagi qonli feyklarini sabrsizlik bilan kutishmoqda.Bu urushdagi vundervaffe (mo‘’jiza qurol), “Katta Berta”ning iqtisodiy muqobili, Yevropa Ittifoqi davlatlarining mamlakatimizdan neft va gaz sotib olishdan kelishilgan tarzda rad etishi bo‘lishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Amerikaliklarga bizning uglevodorodlarimizdan voch kechish oson, chunki ularda u ko‘p. Energotanqis Yevropada esa vaziyat boshqacha. Asosiy xavf YeI iqtisodiyotining asosiy lokomotivi – Germaniyaga taaluqli.“Bu ikki hafta oldin tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan falokat bo‘lardi, biroq hozir u mutlaq haqiqiydek ko‘rinyapti”. G‘arbiy Germaniya elektrotexnika firmasi egasi Rossiya gazidan voz kechish ehtimolini shunday so‘zlar bilan tasvirlamoqda. U Guardian gazetasi jurnalistlaridan ism-sharifi va firmasining nomini oshkor qilmaslikni iltimos qilgan. (Albatta, axir- bunday fikriy jinoyat Rossiyaga karshi sanksiyalarning samaradorligiga bildirilgan shubhaku). Biznesmen yuz yillik firmasi Rossiya gazi, shuningdek, nikeli va alyuminiyisiz bir lahzada kasodga uchrashini tan olgan.Nemislar Rossiyadan gaz kelishi to‘xtagan kunni “X kuni” deb nomlashmoqda. Germaniya uchun yiliga ellik milliard kub metr gaz, Rossiya uchun kuniga ikki yuz million yevro - muammoning narxi shunday. Ammo bu boshlanishi. Germaniyaning butun sanoati xavf ostida qoldi. Axir aynan shu sanoat Yevropa Ittifoqining butun iqtisodiyotini ushlab turardi.Yevropa Ukraina inqirozi tufayli AQSh tuzog‘iga tushdiTarixning ajoyib kinoyasi. Afsonaviy nemis korporatsiyalari- Krupp va Tissen, Bauer va BASF- Birinchi jahon urushida ham, Ikkinchi jahon urushida ham muvaffaqiyatli tarzda boyigan edi. Ushbu kompaniyalarning urushni alangalatishda ishtirok etgan degan mashhur taxmin ham bor- albattada, axir bu ajoyib biznes. Nemis davlatining navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng, ushbu kompaniyalar kichkina rebrending qilgan, top-menedjerlarni o‘zgartirgan va faoliyatini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. Krupp ixtiro qilgan qurollardan millionlab sovet soldatlari halok bo‘lgani, Bauerning esa fashist konslagerlarida odamlar ustida tajriba o‘tkazishni moliyalashtirganini insoniyat eslashni istamas edi. Bu shunchaki hayot ikir-chikirlari edi xolos. Ammo Germaniyaning yirik korporatsiyalari bugun, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urushdagidek hech qachon tavakkal qilmagan.GFR Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda uchta harakat rejasini ishlab chiqdi. Ularning har birida energiya ta’minoti ustuvorligi shifoxonalar va farmatsevtika ishlab chiqarishiga berilgan. Bundan keyin – turar joy uylari, nemislarning har holda o‘lgunicha bo‘lmasa ham biroq baribir Ukraina uchun sovuq qotishiga to‘g‘ri keladi. Gaz yetkazib berish biznesini esa birinchilarlan bo‘lib taqiqlashadi. Oqibati qanday bo‘ladi?Yevropa "General Ayoz" kelishi bilan halok bo‘lishga tayyorIshlab chiqarish kasodga uchraydi, millionlab odamlar ishini yo‘qotadi. Bularning bari- energiya, ishlab chiqarish va turar-joy ijarasining narxining osmon qadar yuksalayotgani fonida bo‘lyapti. Odob saqlab aytganda, Yevropaning eng yirik iqtisodiyotini turg‘unlik kutmoqda. “To‘g‘risini aytsam, deb tan oladi Guardian ga bergan intervyusida BASF rahbari Martin Budermuller- bu bizning Ikkinchi jahon urushidan so‘ng eng yomon inqirozimiz, rivojlanishimizning oxiri bo‘lishi mumkin”.Rossiya nemislarni kutib turmasdan ham o‘z vundervaffesini tamomila qo‘llashi, ularga gaz yetkazishni mustaqil tarzda uzib qo‘yishi mumkin. Bunga Davlat Dumasida allaqachon chaqiriqlar ham bo‘lmoqda. Bu Germaniyaga qanday ta’sir qiladi?Albatta, kasodga uchragan tadbirkorlar, ishini yo‘qotgan nemislar ko‘chalarga chiqishadi. Biroq, ko‘chada ularni nima uchun och qolishi va sovuq qotishinining sababini tushuntirib beradigan ukrain qochoqlari kutib turadi. Agar ular uddalay olmasalar, ishga kuchishlatar organlar aralashadi. Politsiya kuchuklari, vodometlar, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz - oxirgi yillarda Yevropa hatto eng katta masshtabli namoyishlarni ham bosdi-bosdi qilishni yaxshigina mashq qildi. Noroziliklarni shu qadar shafqatsizlarcha bostirishidaki, fuqarolar ko‘chaga hatto qaray olmay qoladi.Yevropa Ittifoqi yana 10-yil Rossiya gaziga bog‘liq bo‘ladiOsiyo va Afrika noqonuniy migrantlarining qutulib bo‘lmas “kuzgi chaqiriqlari” ham vaziyatni murakkablashtiradi. Ochlik muammosiga duch kelgach, migrantlar mehmondo‘st Yevropaga, birinchi bo‘lib Germaniyaga yugurishadi. Demak ular bilan - mahsulot talonlari, ishsizlik nafaqalarini ham bo‘lishishga to‘g‘ri keladi. Nemislar ularga qarshi norozilik qilib ko‘rsinchi - migrantlarning o‘zi bostirib boradi. Ularga bu oson.GFR hukumati xalq g‘azabining olovini bir qancha muddatga pul bilan sovutib turishi mumkin. Biroq bosib chiqarish dastgohi 2020-yildan buyon to‘liq quvvatda ishlamoqda, yevro maydonida inflyatsiya barcha rekordlarga chiqmoqda. Bir yildan so‘ng bu valyuta nimaga aylanadi?Nemis siyosatchilaridan naf yo‘q va bu tushunarli. Ular Vashington buyruqlarini aniq-tiniq bajarishadi xolos. Ammo nega afsonaviy nemis biznesi, dunyo iqtisodiyotining faxri jim turibdi? Uning kapitanlari “Shimoliy oqim 2” topshirdi, hozir esa tushunarsiz bir nimalar deb to‘ng‘illab qo‘ymoqda.Gap shundaki, nemis korxonalarining katta qismi AQShda savdo bozoriga ega. Unga kirishni manipulyatsiya qilish orqali Vashington nemis kapitalistlaridan xohlagan narsasini talab qilishi mumkin. Bu dunyodagi eng boy bozor, foydali bo‘lishi aniq. Nemislar tishini tishiga qo‘yib Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin, ammo amerikalik xaridorni yo‘qotish ko‘pchilik uchun o‘lim bilan barobar.Nemislar “semiz qovjiraguncha, oriq harom o‘ladi” degan qadim maqoliga yana bir umid qilgan. Bu yerda “oriq” Rossiya. Ya’ni bizning iqtisodiyotimiz nemis iqtisodidan oldin sinadi qabilida. Uglevodorod ta’minotini boshqa xaridorlarga yo‘naltirish yangi, katta sarmoyalarni talab qiladi. Narxlarning oshishi va ishsizlik ijtimoiy notinchlikka olib keladi.Nemislarning eng jozibali tasavvur dunyosi bo‘yicha, iqtisodiy urush natijasida Rossiya parchalanadi, yadroviy yetakchilikni yo‘qotadi va orzu qilingan rus gazi esa (shuningdek, neft, nikel, alyuminiy va olmos) hech narsa evaziga, ya’ni tekinga Germaniyaga ketadi. Mana buni kurashsa arziydigan maqsad desa bo‘ladi. Uydan sovuqdan qaqshab o‘tirish, sharoit yo‘qligidan yuvinmaslik, mol go‘shtidan chigirtkalarni yeyishga o‘tish.Amerika Rossiya gazining o‘rnini bosa oladimi?Yevropa aholisining uzoq vaqt davomida qo‘rqinchli qiz Greta Tunberg tomonidan qo‘lga o‘rgatilgani bejiz emas. Kuniga ikki marta ovqatlanish, haftada bir marta yuvinish, kolivinglarda yashash, faqat velosipedda yurish kabi ajoyib loyihalarni eslaysizmi? Ha, ha, bu o‘sha “Buyuk qayta tiklanish”. Uni global isishga qarshi kurash pozitsiyasi sifatida ko‘rsatishgan. Bugun ma’lum bo‘lishicha, bu oltin milliard Rossiya bilan jang qilish uchun tayyorlangan ekan.Aslida, ishdan so‘ng umuman isimaydigan uyga kelish va kechgi ovqat uchun soya go‘shtini pishirish juda achinarli. Bunday holda oddiy nemisni qo‘llab-quvvatlaydigan narsa- bu ruslarga nafrat. Nafratni esa doktor Gebbelsning eng yaxshi vasiyatlariga ko‘ra Yevropa transmilliy kompaniyalari nazoratida Yevropa OAVlari rivojlantirmoqda.Mashhur nemis konsernlari egalari o‘z vatandoshlarini iqtisodiy urush o‘chog‘iga tashlab, har doimgidek, ularning orqalarida yashirinishni orzu qiladilar. Ha, Rossiyadan gaz ta’minoti to‘xtatilgandan keyin Germaniyada kichik va o‘rta biznes halokatga uchraydi. Ammo korporatsiyalarning boshqa xavfsizlik choralari bor. Ular xarajatlarning o‘sishini o‘z iste’molchilariga tashlab qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ammo ular narx belgilarini qanchalik uzoq muddatga ko‘tara olishadi va bu ularning butunlay vayron bo‘lishi bilan yakunlanmaydimi?Oldimizda paydo bo‘layotgan iqtisodiy “Stalingrad” hatto mamlakatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas, aslini olganda, ikki qadriyat to‘qnashuvidir. Nisbatan aytganda, gaz dollarga yoki valyutalar resurslarga qarshi kurashmoqda.Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi to‘qnashuv ham bunga kimoviy jihatdan sof misoldir. Rossiya resurslari bilan hammasi joyida. Agar kerak bo‘lsa, o‘zimiz o‘zimizni boqamiz va o‘zimizni isitamiz. To‘g‘ri, nimadandir voz kechishga to‘g‘ri keladi. Ammo 2014-yilda, mamlakatda xamon haqida dahshatli nolalar bo‘lgani yodga tushdi. Nima bo‘libdi? Xamonsiz ham yashayapmiz. Ishlar qanday ketayotganini kuzatamiz, lekin hozircha yaxshi."Gazprom" Germaniyaning eng yirik omboriga gaz quyishni to‘xtatdiGermaniya iqtisodiyoti so‘nggi yarim asr davomida bizga namuna sifatida ko‘rsatilgan. Yuqori texnologiya, sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar sohasi, hammasi ajoyib. Bitta pistirma - bu kuchli energiya tanqisligi. Ventil aylanishi - va bu ko‘p asrlar davomida qurilgan konstruksiya qartadan qurilgan uy kabi qulaydi va o‘zi bilan Yevropaning boshqa mamlakatlari iqtisodiyotini ham halok qiladi.“Stalingrad” - bu faqat metafora. Biroq, iqtisodiy urushdagi janglar Ikkinchi Jahon urushidagi eng dahshatli janglardan ham ko‘proq odamni o‘ldirishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0b/23894406_153:0:2882:2047_1920x0_80_0_0_119c8950c254fecc871920b99f52bd0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Viktoriya Nikiforova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0f/34952263_0:0:600:600_100x100_80_0_0_6837b04e094791b35d53049bcd2e2876.jpg
kolumnistlar, germaniya, rossiya
kolumnistlar, germaniya, rossiya
Germaniya Rossiya ustidan g‘alaba deb o‘z iqtisodiyotini xatarga tashlamoqda
21:38 11.04.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) G‘arbning Rossiyaga iqtisodiy urushi yangi davrga chiqmoqda.
Dushman endi o‘zini hamkor niqobida ko‘rsatmayapti. Sanksiyalar haqida ularni stingerlar va panserfaustlar kabi qurol ekanligini oshkora aytishmoqda. Hisoblarimizdagi pullarimiz, Yevropadagi uylarimiz va ko‘rgazmalardagi suratlarmizning ochiq-oshkora talon-taroj qilishmoqda. Yangi hujumga o‘tish uchun Ukrainaning navbatdagi qonli feyklarini sabrsizlik bilan kutishmoqda.
Bu urushdagi vundervaffe (mo‘’jiza qurol), “Katta Berta”ning iqtisodiy muqobili, Yevropa Ittifoqi davlatlarining mamlakatimizdan neft va gaz sotib olishdan kelishilgan tarzda rad etishi bo‘lishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Amerikaliklarga bizning uglevodorodlarimizdan voch kechish oson, chunki ularda u ko‘p. Energotanqis Yevropada esa vaziyat boshqacha. Asosiy xavf YeI iqtisodiyotining asosiy lokomotivi – Germaniyaga taaluqli.
“Bu ikki hafta oldin tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan falokat bo‘lardi, biroq hozir u mutlaq haqiqiydek ko‘rinyapti”. G‘arbiy Germaniya elektrotexnika firmasi egasi Rossiya gazidan voz kechish ehtimolini shunday so‘zlar bilan tasvirlamoqda. U Guardian gazetasi jurnalistlaridan ism-sharifi va firmasining nomini oshkor qilmaslikni iltimos qilgan. (Albatta, axir- bunday fikriy jinoyat Rossiyaga karshi sanksiyalarning samaradorligiga bildirilgan shubhaku). Biznesmen yuz yillik firmasi Rossiya gazi, shuningdek, nikeli va alyuminiyisiz bir lahzada kasodga uchrashini tan olgan.
Nemislar Rossiyadan gaz kelishi to‘xtagan kunni “X kuni” deb nomlashmoqda. Germaniya uchun yiliga ellik milliard kub metr gaz, Rossiya uchun kuniga ikki yuz million yevro - muammoning narxi shunday. Ammo bu boshlanishi. Germaniyaning butun sanoati xavf ostida qoldi. Axir aynan shu sanoat Yevropa Ittifoqining butun iqtisodiyotini ushlab turardi.
Tarixning ajoyib kinoyasi. Afsonaviy nemis korporatsiyalari- Krupp va Tissen, Bauer va BASF- Birinchi jahon urushida ham, Ikkinchi jahon urushida ham muvaffaqiyatli tarzda boyigan edi. Ushbu kompaniyalarning urushni alangalatishda ishtirok etgan degan mashhur taxmin ham bor- albattada, axir bu ajoyib biznes. Nemis davlatining navbatdagi mag‘lubiyatidan so‘ng, ushbu kompaniyalar kichkina rebrending qilgan, top-menedjerlarni o‘zgartirgan va faoliyatini muvaffaqiyat bilan davom ettirgan. Krupp ixtiro qilgan qurollardan millionlab sovet soldatlari halok bo‘lgani, Bauerning esa fashist konslagerlarida odamlar ustida tajriba o‘tkazishni moliyalashtirganini insoniyat eslashni istamas edi. Bu shunchaki hayot ikir-chikirlari edi xolos. Ammo Germaniyaning yirik korporatsiyalari bugun, Rossiyaga qarshi iqtisodiy urushdagidek hech qachon tavakkal qilmagan.
GFR Rossiyadan gaz yetkazib berish to‘xtatilgan taqdirda uchta harakat rejasini ishlab chiqdi. Ularning har birida energiya ta’minoti ustuvorligi shifoxonalar va farmatsevtika ishlab chiqarishiga berilgan. Bundan keyin – turar joy uylari, nemislarning har holda o‘lgunicha bo‘lmasa ham biroq baribir Ukraina uchun sovuq qotishiga to‘g‘ri keladi. Gaz yetkazib berish biznesini esa birinchilarlan bo‘lib taqiqlashadi. Oqibati qanday bo‘ladi?
Ishlab chiqarish kasodga uchraydi, millionlab odamlar ishini yo‘qotadi. Bularning bari- energiya, ishlab chiqarish va turar-joy ijarasining narxining osmon qadar yuksalayotgani fonida bo‘lyapti. Odob saqlab aytganda, Yevropaning eng yirik iqtisodiyotini turg‘unlik kutmoqda. “To‘g‘risini aytsam, deb tan oladi Guardian ga bergan intervyusida BASF rahbari Martin Budermuller- bu bizning Ikkinchi jahon urushidan so‘ng eng yomon inqirozimiz, rivojlanishimizning oxiri bo‘lishi mumkin”.
Rossiya nemislarni kutib turmasdan ham o‘z vundervaffesini tamomila qo‘llashi, ularga gaz yetkazishni mustaqil tarzda uzib qo‘yishi mumkin. Bunga Davlat Dumasida allaqachon chaqiriqlar ham bo‘lmoqda. Bu Germaniyaga qanday ta’sir qiladi?
Albatta, kasodga uchragan tadbirkorlar, ishini yo‘qotgan nemislar ko‘chalarga chiqishadi. Biroq, ko‘chada ularni nima uchun och qolishi va sovuq qotishinining sababini tushuntirib beradigan ukrain qochoqlari kutib turadi. Agar ular uddalay olmasalar, ishga kuchishlatar organlar aralashadi. Politsiya kuchuklari, vodometlar, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz - oxirgi yillarda Yevropa hatto eng katta masshtabli namoyishlarni ham bosdi-bosdi qilishni yaxshigina mashq qildi. Noroziliklarni shu qadar shafqatsizlarcha bostirishidaki, fuqarolar ko‘chaga hatto qaray olmay qoladi.
Osiyo va Afrika noqonuniy migrantlarining qutulib bo‘lmas “kuzgi chaqiriqlari” ham vaziyatni murakkablashtiradi. Ochlik muammosiga duch kelgach, migrantlar mehmondo‘st Yevropaga, birinchi bo‘lib Germaniyaga yugurishadi. Demak ular bilan - mahsulot talonlari, ishsizlik nafaqalarini ham bo‘lishishga to‘g‘ri keladi. Nemislar ularga qarshi norozilik qilib ko‘rsinchi - migrantlarning o‘zi bostirib boradi. Ularga bu oson.
GFR hukumati xalq g‘azabining olovini bir qancha muddatga pul bilan sovutib turishi mumkin. Biroq bosib chiqarish dastgohi 2020-yildan buyon to‘liq quvvatda ishlamoqda, yevro maydonida inflyatsiya barcha rekordlarga chiqmoqda. Bir yildan so‘ng bu valyuta nimaga aylanadi?
Nemis siyosatchilaridan naf yo‘q va bu tushunarli. Ular Vashington buyruqlarini aniq-tiniq bajarishadi xolos. Ammo nega afsonaviy nemis biznesi, dunyo iqtisodiyotining faxri jim turibdi? Uning kapitanlari “Shimoliy oqim 2” topshirdi, hozir esa tushunarsiz bir nimalar deb to‘ng‘illab qo‘ymoqda.
Gap shundaki, nemis korxonalarining katta qismi AQShda savdo bozoriga ega. Unga kirishni manipulyatsiya qilish orqali Vashington nemis kapitalistlaridan xohlagan narsasini talab qilishi mumkin. Bu dunyodagi eng boy bozor, foydali bo‘lishi aniq. Nemislar tishini tishiga qo‘yib Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin, ammo amerikalik xaridorni yo‘qotish ko‘pchilik uchun o‘lim bilan barobar.
Nemislar “semiz qovjiraguncha, oriq harom o‘ladi” degan qadim maqoliga yana bir umid qilgan. Bu yerda “oriq” Rossiya. Ya’ni bizning iqtisodiyotimiz nemis iqtisodidan oldin sinadi qabilida. Uglevodorod ta’minotini boshqa xaridorlarga yo‘naltirish yangi, katta sarmoyalarni talab qiladi. Narxlarning oshishi va ishsizlik ijtimoiy notinchlikka olib keladi.
Nemislarning eng jozibali tasavvur dunyosi bo‘yicha, iqtisodiy urush natijasida Rossiya parchalanadi, yadroviy yetakchilikni yo‘qotadi va orzu qilingan rus gazi esa (shuningdek, neft, nikel, alyuminiy va olmos) hech narsa evaziga, ya’ni tekinga Germaniyaga ketadi. Mana buni kurashsa arziydigan maqsad desa bo‘ladi. Uydan sovuqdan qaqshab o‘tirish, sharoit yo‘qligidan yuvinmaslik, mol go‘shtidan chigirtkalarni yeyishga o‘tish.
Yevropa aholisining uzoq vaqt davomida qo‘rqinchli qiz Greta Tunberg tomonidan qo‘lga o‘rgatilgani bejiz emas. Kuniga ikki marta ovqatlanish, haftada bir marta yuvinish, kolivinglarda yashash, faqat velosipedda yurish kabi ajoyib loyihalarni eslaysizmi? Ha, ha, bu o‘sha “Buyuk qayta tiklanish”. Uni global isishga qarshi kurash pozitsiyasi sifatida ko‘rsatishgan. Bugun ma’lum bo‘lishicha, bu oltin milliard Rossiya bilan jang qilish uchun tayyorlangan ekan.
Aslida, ishdan so‘ng umuman isimaydigan uyga kelish va kechgi ovqat uchun soya go‘shtini pishirish juda achinarli. Bunday holda oddiy nemisni qo‘llab-quvvatlaydigan narsa- bu ruslarga nafrat. Nafratni esa doktor Gebbelsning eng yaxshi vasiyatlariga ko‘ra Yevropa transmilliy kompaniyalari nazoratida Yevropa OAVlari rivojlantirmoqda.
Mashhur nemis konsernlari egalari o‘z vatandoshlarini iqtisodiy urush o‘chog‘iga tashlab, har doimgidek, ularning orqalarida yashirinishni orzu qiladilar. Ha, Rossiyadan gaz ta’minoti to‘xtatilgandan keyin Germaniyada kichik va o‘rta biznes halokatga uchraydi. Ammo korporatsiyalarning boshqa xavfsizlik choralari bor. Ular xarajatlarning o‘sishini o‘z iste’molchilariga tashlab qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ammo ular narx belgilarini qanchalik uzoq muddatga ko‘tara olishadi va bu ularning butunlay vayron bo‘lishi bilan yakunlanmaydimi?
Oldimizda paydo bo‘layotgan iqtisodiy “Stalingrad” hatto mamlakatlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas, aslini olganda, ikki qadriyat to‘qnashuvidir. Nisbatan aytganda, gaz dollarga yoki valyutalar resurslarga qarshi kurashmoqda.
Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi to‘qnashuv ham bunga kimoviy jihatdan sof misoldir. Rossiya resurslari bilan hammasi joyida. Agar kerak bo‘lsa, o‘zimiz o‘zimizni boqamiz va o‘zimizni isitamiz. To‘g‘ri, nimadandir voz kechishga to‘g‘ri keladi. Ammo 2014-yilda, mamlakatda xamon haqida dahshatli nolalar bo‘lgani yodga tushdi. Nima bo‘libdi? Xamonsiz ham yashayapmiz. Ishlar qanday ketayotganini kuzatamiz, lekin hozircha yaxshi.
Germaniya iqtisodiyoti so‘nggi yarim asr davomida bizga namuna sifatida ko‘rsatilgan. Yuqori texnologiya, sanoat ishlab chiqarishi, xizmatlar sohasi, hammasi ajoyib. Bitta pistirma - bu kuchli energiya tanqisligi. Ventil aylanishi - va bu ko‘p asrlar davomida qurilgan konstruksiya qartadan qurilgan uy kabi qulaydi va o‘zi bilan Yevropaning boshqa mamlakatlari iqtisodiyotini ham halok qiladi.
“Stalingrad” - bu faqat metafora. Biroq, iqtisodiy urushdagi janglar Ikkinchi Jahon urushidagi eng dahshatli janglardan ham ko‘proq odamni o‘ldirishi mumkin.