https://oz.sputniknews.uz/20220410/mirziyoev-yirik-monolistlarni-xususiylashtirish-va-isloh-qilish-muddatini-tasdiqladi-23884807.html
Mirziyoyev yirik monopolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddatini tasdiqladi
Mirziyoyev yirik monopolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddatini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
Ular orasida “O‘zbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor. 10.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-10T15:31+0500
2022-04-10T15:31+0500
2022-04-10T15:54+0500
iqtisod
xususiylashtirish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15073501_0:114:1280:834_1920x0_80_0_0_05ee88fae3a9146138c2198172ccf4d4.jpg
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik monolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddati aniq belgilangan farmoni imzoladi. Ular orasida “O‘zbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor.Xususan, hujjat bilan 1-mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022-yil yakuniga qadar "O‘zbekneftgaz" kompaniyasining, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.1 sentabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "O‘zbekgidroenergo" AJni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.Bunda, yangi kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.1 sentabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi.1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, "UzAuto Motors" AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirish (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda "UzAuto Motors Powertrain" AJ, "Samarqand Avtomobil zavodi" MChJni strategik investorlarga sotish strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.Ikki oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJning Toshkent shahridagi va hududiy xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va operatsion samaradorligini oshirish uchun xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish bo‘yicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kutilmoqda.Bunda, Farg‘ona vodiysidagi aeroportlarni maqbullashtirish orqali ulardan samarali foydalanish choralari nazarda tutiladi.Bundan tashqari, 1-sentabrga qadar "O‘zbektelekom" AK va "O‘zbekiston pochtasi" AJni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritishni ta’minlash vazifasi topshirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/1d/15073501_231:195:1044:804_1920x0_80_0_0_069b50018644a7ff51c1a48e556032fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, xususiylashtirish
iqtisod, xususiylashtirish
Mirziyoyev yirik monopolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddatini tasdiqladi
15:31 10.04.2022 (yangilandi: 15:54 10.04.2022) Ular orasida “O‘zbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor.
TOShKENT, 10 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev yirik monolistlarni xususiylashtirish va isloh qilish muddati aniq belgilangan farmoni
imzoladi. Ular orasida “O‘zbekneftegaz", “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” va boshqalar bor.
Xususan, hujjat bilan 1 mayga qadar tajribali investitsiya bankini jalb etib, 2022-yil yakuniga qadar "O‘zbekneftgaz" kompaniyasining, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) orqali kamida 49 foiz ulushini, shuningdek, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJdagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushini xususiylashtirish ishlarini boshlash rejalashtirilmoqda.
1 sentabrga qadar xalqaro konsalting kompaniyasi xulosalari asosida "O‘zbekgidroenergo" AJni isloh qilish strategiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.
Bunda, yangi kichik va o‘rta gidroelektrostansiyalarni qurishda xususiy sektor ishtirokidagi, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosidagi loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik beriladi.
1 sentabrga qadar “Uzbekistan airways” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va undan yuqori miqdordagi davlat ulushining savdoga chiqarilishini, shu jumladan, aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) ishlari boshlanadi.
1 avgustga qadar xalqaro investitsiya banki va konsultantlarni jalb etgan holda, "UzAuto Motors" AJ aksiyalar paketining 10 foizgacha qismini mahalliy fond bozorida ommaviy joylashtirish (IPO) va bu korxonaning qolgan ulushini hamda "UzAuto Motors Powertrain" AJ, "Samarqand Avtomobil zavodi" MChJni strategik investorlarga sotish strategiyasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Ikki oy muddatda “Uzbekistan Airports” AJning Toshkent shahridagi va hududiy xalqaro aeroportlarini modernizatsiya qilish va operatsion samaradorligini oshirish uchun xususiy sektorga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga berish bo‘yicha qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kutilmoqda.
Bunda, Farg‘ona vodiysidagi aeroportlarni maqbullashtirish orqali ulardan samarali foydalanish choralari nazarda tutiladi.
Bundan tashqari, 1 sentabrga qadar "O‘zbektelekom" AK va "O‘zbekiston pochtasi" AJni isloh qilish strategiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kuzatuv kengashiga kiritishni ta’minlash vazifasi topshirilgan.