Qoraqalpog‘iston sudiga yangi rais saylandi

© pexels.com/Towfiqu barbhuiyaSudya molotok
Sudya molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
2021 yilning fevralida sud raisi etib saylangan Gulnara Bazarbayeva vazifasidan ozod etildi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston prezidenti bilan kelishilgan xulosasi asosida Jo‘qorg‘i Kenges raisining taklifiga binoan deputatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi lavozimiga Kamal Tarixov nomzodini ma’qullagan.
Yakunda uni mazkur lavozimga tayinlash va 2021-yilning fevralida sud raisi etib saylangan Gulnara Bazarbayevani vazifasidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Tarixov bunga qadar Qoraqalpog‘iston sudi raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Yangiliklar lentasi
0