NYT: NATO mamlakatlari orasida Moskva bilan keyingi munosabatlar borasida ixtilof bor

© AP Photo / Virginia MayoZdanie shtab-kvartiri NATO v Brussele
Zdanie shtab-kvartiri NATO v Brussele  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2022
Obuna bo‘lish
Fransiya, Germaniya va Turkiya esa hozirgi vaziyatdan qat’i nazar, Rossiya hukumati bilan aloqalarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. NATOga a’zo davlatlar Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiya bilan munosabatlarda keyingi qadamlar bo‘yicha o‘zaro kelisha olmayapti. Bu haqda “The New York Times” o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Manbalarning ma’lum qilishlaricha, Boltiqbo‘yi davlatlari va Polsha Rossiya bilan munosabatlarni to‘liq uzishni talab qilmoqda. Shu bilan birga Fransiya, Germaniya va Turkiya esa hozirgi vaziyatdan qat’i nazar, Rossiya hukumati bilan aloqalarni davom ettirish zarur deb hisoblaydi.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya yetakchisi bilan muloqotni davom ettirish zarurligini ma’lum qilgan edi. Shu tariqa Makron uni Putinga muntazam qo‘ng‘iroq qilishini tanqid qilgan Polsha bosh vaziri Mateush Moraveskiyga javob qaytargan.
31 mart kuni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an sanksiyalarda ishtirok etmasligi, chunki Rossiya bilan muloqotga katta ahamiyat berishini ma’lum qilgan edi.
Turkiyalik siyosatshunos: AQSh sanksiyalar orqali boshqalarni o‘z izmiga bo‘ysundirishga urinmoqda
Yangiliklar lentasi
0