“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasi tashkil etiladi

© AFP / VYACHESLAV OSELEDKOSituatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana
Situatsiya pered viborami prezidenta Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan jamg‘arma mablag‘lari nima uchun maqsadli sarflanishi belgilab qo‘yilgan.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2022 yil 5-apreldan boshlab Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu prezident 2022-yil 4-aprel kuni imzolagan tegishli qarorda belgilab qo‘yilgan.
Jamg‘arma mablag‘lari yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari, ularning ehtiyot qismlari, o‘rnatish uchun belgilangan konstruksiya va qurilish materiallari hamda maxsus bo‘yoqlarini xarid qilish uchun maqsadli sarflanadi.
Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘rnatish, almashtirish, saqlash, demontaj qilish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni moliyalashtiradi.
Pullar maktabgacha ta’lim hamda xalq ta’limi vazirliklariga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarida yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishga qaratilgan moddiy-texnik va o‘quv bazasini yaratishga sarflanadi.
Hokimliklarga yo‘llarda radarlar o‘rnatish huquqi berildi
Shuningdek, jamg‘arma mahallalarda bolalarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy o‘rgatish maydonchalariga yo‘l belgilarini o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizish chora-tadbirlarini moliyalashtiradi.
Jamg‘arma mablag‘lari yo‘l harakatini tashkil etish sohasida undiriladigan jarima, olinadigan yig‘im va to‘lovlarining ayrim miqdori, davlat, xorijiy va xalqaro tashkilotlar ajratadigan grantlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik va xayriya tarzidagi mablag‘lari bilan shakllantiriladi.
Xalqaro moliyaviy institutlar va banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ham jamg‘arma manbalari bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0