Toshkentda dzudo bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir boshlanmoqda

© pexels/Kampus ProductionDzudo
Dzudo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Osiyo ochiq kubogida 500 nafarga yaqin dzudochilar tatamiga chiqishadi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Bugun Toshkentda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi dzudo bo‘yicha Osiyo ochiq kubogi musobaqasi boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
“Universal” sport majmuasi 5-8 aprel kunlari Uchqun Murodov xotirasiga bag‘ishlangan an’anaviy xalqaro turnirga mezbonlik qiladi.
Musobaqalarda o‘zbekistonlik dzudochilaridan tashqari Ozarbayjon, Gruziya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlaridan kelgan jami 500 nafarga yaqin iste’dod egalari tatamiga chiqadi.
Bugun musobaqaning birinchi kuni qizlar -40, -44, -48, -52, -57, yigitlar esa -50, -55 va -60 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun kurash olib borishadi.
Har kuni saralash bellashuvlari soat 10:00, medallar uchun kechadigan final bahslari esa 17:00da boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0