https://oz.sputniknews.uz/20220405/ozbekistonda-dinlarni-birlashtiruvchi-bagrikenglik-bogi-tashkil-etildi-23785039.html
O‘zbekistonda dinlarni birlashtiruvchi “Bag‘rikenglik bog‘i” tashkil etildi
O‘zbekistonda dinlarni birlashtiruvchi “Bag‘rikenglik bog‘i” tashkil etildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jami 2 330 ta islomiy, nasroniy, yahudiy va diniy tashkilot adliya idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 05.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-05T15:57+0500
2022-04-05T15:57+0500
2022-04-05T15:57+0500
jamiyat
diniy erkinlik
islom dini
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20314013_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_59f2e3f29e8241c0dba29dd189c076e2.jpg
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. O‘zbekistonda “Bag‘rikenglik bog‘i” tashkil etildi, deb xabar qildi AOKAda o‘tkazilgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov. Anjumanda ma’lum qilinishiga ko‘ra, ushbu bog‘ni tashkil qilishdan maqsad, nafaqat diniy bag‘rikenglik mavzusini targ‘ib qilish, undan tashqari atrof-muhitni himoya qilish, pokiza saqlashda hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar va fojialar qarshisida insoniyatning ojiz ekanini yana bir bor ta’kidlash va tabiat ne’matlariga shukr qilib uni asrab-avaylashga turtki beradi. Anjumanda shuningdek, O‘zbekistonda turli din vakillari tinch totuv yashab kelayotgani ham ta’kidlab o‘tildi. Ma’lum bo‘lishicha bugungi kunda respublikada jami 2 330 ta diniy tashkilot adliya idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.Ulardan 2 139 tasi islomiy, 174 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari ekan. Shuningdek 1 ta krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddaviylar ibodatxonasi va 1 ta O‘zbekiston Bibliya jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1f/20314013_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7022bac10a1d06d97071f75bfe3fab13.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, diniy erkinlik, islom dini
jamiyat, diniy erkinlik, islom dini
O‘zbekistonda dinlarni birlashtiruvchi “Bag‘rikenglik bog‘i” tashkil etildi
O‘zbekistonda jami 2 330 ta islomiy, nasroniy, yahudiy va diniy tashkilot adliya idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. O‘zbekistonda “Bag‘rikenglik bog‘i” tashkil etildi, deb xabar qildi AOKAda o‘tkazilgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov.
Bugun, 5-aprel kuni Yangi O‘zbekiston bog‘ida respublikamizdagi 16 ta diniy konfessiya vakillari ishtirokida “Bag‘rikenglik bog‘i” tashkil etildi, - deyilgan xabarda.
Anjumanda ma’lum qilinishiga ko‘ra, ushbu bog‘ni tashkil qilishdan maqsad, nafaqat diniy bag‘rikenglik mavzusini targ‘ib qilish, undan tashqari atrof-muhitni himoya qilish, pokiza saqlashda hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq global muammolar va fojialar qarshisida insoniyatning ojiz ekanini yana bir bor ta’kidlash va tabiat ne’matlariga shukr qilib uni asrab-avaylashga turtki beradi.
Anjumanda shuningdek, O‘zbekistonda turli din vakillari tinch totuv yashab kelayotgani ham ta’kidlab o‘tildi. Ma’lum bo‘lishicha bugungi kunda respublikada jami 2 330 ta diniy tashkilot adliya idoralari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Ulardan 2 139 tasi islomiy, 174 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari ekan. Shuningdek 1 ta krishnani anglash jamiyati, 1 ta buddaviylar ibodatxonasi va 1 ta O‘zbekiston Bibliya jamiyati ro‘yxatdan o‘tgan.