https://oz.sputniknews.uz/20220405/ozbekiston-va-rossiya-hamkorligida-film-suratga-olindi-23788681.html
O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida film suratga olindi
O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida film suratga olindi
Sputnik O‘zbekiston
“Parining sovg‘asi” nomli film 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janrida suratga olingan. 05.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-05T18:30+0500
2022-04-05T18:30+0500
2023-04-05T18:36+0500
madaniyat
o‘zbekiston
o‘zbek kino
film
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23786353_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_46880400412ab44e034b970a9ed728e5.jpg
TOShKENT, 5-aprel — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida "Parining sovg‘asi" nomli filmi suratga olindi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar bermoqda. Ushbu film Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov rejissorligida tasvirga olindi. Farhod Mahmudov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, aktorlarning aksariyati o‘zbekistonlik. Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va "VEGA" (Rossiya) kinokompaniyasining qo‘shma loyihasi hisoblanadi. “Parining sovg‘asi” 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janrida suratga olingan.Farhod Mahmudov aytishicha, Rossiya prokatlarida, ehtimol, film nomi o‘zgarishi mumkin. Rossiyalik tomoshabinlar uchun uning nomi “Podarok fei” bo‘ladi. Ammo Parining sovg‘asi - bu vaqtinchalik nom, produserlik markazi bilan qaror qabul qilinmagan, shuning uchun o‘zgarishi mumkin. Film ustida ishlash davom etmoqda va hozircha davom etmoqda va u Rossiya Madaniyat vazirligiga bahor oxirigacha topshiriladi. Shundan so‘ng kartinani prokatchilar ham tomosha qilishadi. Umid qilamanki, film sentabr oyining boshigacha kassada bo‘ladi”,- deydi Farhod MahmudovMa’lumot o‘rnida, Farhod Mahmudov Toshkentda tug‘ilgan, maktabni bitirgandan so‘ng Moskvaga ketgan va “Brigada”, “Bechora Nastya”, “Margosha”, “Oshxona” va boshqalar seriallardagi rollari bilan tanilgan.Aytish joizki, bir necha kun oldin Rossiya Davlat Dumasi madaniyat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yelena Drapeko Rossiya kinoteatrlarida o‘zbek va MDHning boshqa davlatlarida suratga olingan filmlarini ko‘rsatish taklifi bilan chiqqan edi. “Qozog‘iston, O‘zbekistonning juda qiziqarli filmlari bor, ular ko‘rsatishga arzirli” degan edi o‘shanda Yelena Drapeko.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/05/23786353_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_cf8f4e1160e087ff8b66817113751ef5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, o‘zbek kino, film, rossiya
madaniyat, o‘zbekiston, o‘zbek kino, film, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida film suratga olindi
18:30 05.04.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) “Parining sovg‘asi” nomli film 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janrida suratga olingan.
TOShKENT, 5-aprel — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida "Parining sovg‘asi" nomli filmi suratga olindi. Bu haqida Kinematografiya agentligi
xabar bermoqda.
Ushbu film Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov rejissorligida tasvirga olindi. Farhod Mahmudov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qilishicha, aktorlarning aksariyati o‘zbekistonlik.
“Aktorlarimning 90 foizi o‘zbeklar. Bundan tashqari, suratga olish davri kuchli lokdaun, pandemiyaga to‘g‘ri keldi. Xivada suratga oldik. Toshkent va Xivada mehmonxonalar uchun ish o‘rinlari yaratdik, odamlar ommaviy sahnalarda ishtirok etishdi. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Nikolay Dobrinin ham filmda rol o‘ynadi. Men ham suratga tushganman”,- deb qo‘shimcha qildi u.
Film O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va "VEGA" (Rossiya) kinokompaniyasining qo‘shma loyihasi hisoblanadi. “Parining sovg‘asi” 6 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ertak janrida suratga olingan.
Farhod Mahmudov aytishicha, Rossiya prokatlarida, ehtimol, film nomi o‘zgarishi mumkin. Rossiyalik tomoshabinlar uchun uning nomi “Podarok fei” bo‘ladi. Ammo Parining sovg‘asi - bu vaqtinchalik nom, produserlik markazi bilan qaror qabul qilinmagan, shuning uchun o‘zgarishi mumkin.
Film ustida ishlash davom etmoqda va hozircha davom etmoqda va u Rossiya Madaniyat vazirligiga bahor oxirigacha topshiriladi. Shundan so‘ng kartinani prokatchilar ham tomosha qilishadi. Umid qilamanki, film sentabr oyining boshigacha kassada bo‘ladi”,- deydi Farhod Mahmudov
Ma’lumot o‘rnida, Farhod Mahmudov Toshkentda tug‘ilgan, maktabni bitirgandan so‘ng Moskvaga ketgan va “Brigada”, “Bechora Nastya”, “Margosha”, “Oshxona” va boshqalar seriallardagi rollari bilan tanilgan.
Aytish joizki, bir necha kun oldin Rossiya Davlat Dumasi madaniyat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Yelena Drapeko Rossiya kinoteatrlarida o‘zbek va MDHning boshqa davlatlarida suratga olingan filmlarini ko‘rsatish taklifi bilan chiqqan edi. “Qozog‘iston, O‘zbekistonning juda qiziqarli filmlari bor, ular ko‘rsatishga arzirli”
degan edi o‘shanda Yelena Drapeko.